Oвid haydarov



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/103
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#42733
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   103
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati

o„zi  boshqarishi  –  fuqarolarning  O„zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyasi 
va  qonunlari  bilan  kafolatlanadigan,  ularning  o„z  manfaatlaridan, 
rivojlanishning  tarixiy  xususiyatlaridan,  shuningdek  milliy  va  ma‟naviy 
qadriyatlardan,  mahalliy  urf-odat  va  an‟analaridan  kelib  chiqqan  holda 
milliy  mahalliy  ahamiyatga  molik  masalalarni  hal  qilish  borasidagi 
mustaqil faoliyatdir»
Mahalliy  o‗zini  o‗zi  boshqarish,  mashhur  olim  Aleksis  Tokvilning 
talqinicha,  fuqarolarning  keng  siyosiy  ishtiroki  uchun  shart-sharoitlar 
yaratib  beradi  hamda  o‗zini  o‗zi  boshqarish  organlari  siyosiy  madaniyat 
elementlarini shakllantirishning ham beqiyos omilidir.  
Mamlakatimizda 
o‗zini  o‗zi  boshqarish  organlari  fuqarolik 
jamiyatining asosiy instituti sifatida yildan-yilga takomillashib bormoqda. 
Shuningdek,  mazkur  organlarning  boshqaruv  tizimidagi  ko‗lamining 


129 
 
kengayib  borishi  bilan  huquqiy  davlatning  o‗z  vakolatlarini  demokratik 
tamoyillar  asosida  amalga  oshirishi  uchun  qulay  va  keng  imkoniyatlar 
paydo bo‗lmoqda.  
Demokratik  jamiyat  shakllanishida  mahalla  instituti  alohida  o‗rin 
tutadi. «Mahalla» arabcha so„zdan kelib chiqib, «shahar ichidagi shahar» 
ma‟nosini  anglatadi.  Tarixchi  olim  Narshaxiy  «Buxoro  tarixi»  asarida 
bundan  1100  yil  ilgari  mahalla  xalqning  boshqaruv  uslubi  ekanlinigi 
yozgan  edi.  Qadimda  mahalla  nafaqat  ijtimoiy,  balki  ma‘muriy-hududiy 
tuzilma  tarzida  ham  e‘tirof  etilgan.  O‗rta  asrlarda  Xiri  deb  atalgan  Hirot 
shahri yuzta kichik «shaharcha» - mahallalardan tashkil topgan ekan.  
Demak, qadim zamonlardayoq o‗zini o‗zi boshqarish organlarining ilk 
kurtaklari  namoyon  bo‗lgan.  Sharqda  bu  jarayon  bir  necha  ming  yillik 
tarixga  ega  bo‗lgan  mahallalar  ko‗rinishida  rivojlangan  bo‗lsa,  G‗arb 
mamlakatlarida  kishilarning  o‗z  manfaat  va  qiziqishlarida  jamiyatdagi 
munosabatlarda  ifodalash  hamda  himoya  qilish  maqsadida  har  xil 
uyushmalar, partiyalar, jamiyatlar, harakatlar va boshqa tuzilmalar sifatida 
paydo bo‗lishiga asos solindi.  
Sobiq  SSSR  davrida  mahalla  intstitutining  mazmuni  va  vazifalari 
butunlay  izdan  chiqqan  edi.  Bu  davrda  mahallalar  o‗zining  huquqiy 
maqomini yo‗qotdilar. Bu davrda qadimdan  ma‘naviyat, ta‘lim va tarbiya 
masalalarini hal etib kelgan mahallalarning o‗rni deyarli yo‗qqa chiqarildi. 
Mustaqillik  davriga  kelib  fuqarolarning  mahalliy  o‗zini  o‗zi  boshqarish 
organlari 
qonuniy 
maqomini 
mustahkamlashga, 
ularni 
fuqarolik 
jamiyatining  asosiy  institutga  aylantirishiga  doir  jiddiy  isloholar  amalga 
oshirildi.  O‗zbekistonda  mahalalar  milliy  mustaqillik  davriga  kelibgina, 
o‗zini  o‗zi  boshqarish  organiga  aylandi.  O‗zbekiston  Konstitusiyasi 
mahalla  maqomini  fuqarolarni  o‗zini  o‗zi  boshqarish  organi  sifatida 
mustahkamladi.  Mamlakatda  shaharcha,  posyolka,  qishloq,  ovul  va 
mahalla  fuqarolar  yig‗inlari  o‗zini  o‗zi  boshqarish  organlari  huquqiy 
maqomini  oldilar.  Jumladan,  mustaqillik  davrida  mamlakatda  10  mingga 
yaqin  o‗zini  o‗zi  boshqarish  organlari  shakllangan  bo‗lsa,  ulardan  8142 
tasini mahalla fuqarolar yig‗inlari tashkil etadi.  
Mustaqillikning  ilk  davridan  boshlab  Birinchi  Prezident  I.Karimov 
mahallalarni  fuqarolik  jamiyatining  asosi  deb  bildi  va  ularni  har 
tomonlama  rivojlantirish  chora-tadbirlarini  amalga  oshirdi.  Mustaqillik 
davrida  mahallalarning  tashkiliy  ijtimoiy  va  huquqiy  maqomini 
mustahkamlash  borasida  chuqur  islohotlar  amalga  oshirildi.  Eng  avvalo 

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin