Oвid haydarov



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/103
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#42733
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   103
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati

Aholining  huquqiy  va  siyosiy  madaniyatini  oshirish,  siyosiy  qarorlar 
qabul qilishda mahallalarning  o„rnini yuksaltirish, mahallalarni mahalliy 
davlat  hokimiyati  organlaridan  to„la  mustaqil  bo„lishini  ta‟minlaydigan 
huquqiy  mexanizmlar  yaratish,  fuqarolarni  mahallalar  vositasida 
qonunlar  ishlab  chiqish  va  qabul  qilish  jarayonlaridagi  umumxalq 
muhokamalarida  faol  ishtirok  etishlarini  ta‟minlash  yaqin  istiqboldagi 
islohotlarning asosiy vazifasidir. 


132 
 
Kuchli  fuqarolik  jamiyatida  fuqarolarning  o‗zini-o‗zi  boshqarish 
organlarining  o‗rni  muhim  hisblanadi.  Reppublikamizda  «Fuqarolarning 
o‗zini  o‗zi  boshqarish  organlari  to‗g‗risida»gi  Qonun  bilan  o‗zini  o‗zi 
boshqarishning  yaxlit  tizimi  yaratilgan.  Dunyoning  kamdan-kam 
mamlakatida  uchraydigan  bunday  ijtimoiy  tuzilma  o‗zining  demokratligi 
va  izchil  boshqaruvga  asoslanganligi  bilan  ajralib  turadi.  Birinchi 
Prezidentimiz I.Karimov aytganidek, «...odamlarning siyosiy ongi, siyosiy 
madaniyati,  siyosiy  faolligi  yuksalib  borgani  sari,  davlat  vazifalarini 
nodavlat  tuzilmalar  va  fuqarolarning  o„zini  o„zi  boshqarish  organlariga 
bosqichma-bosqich  o„tkazib  borish  zarur.  Bu  borada  o„zini  o„zi 
boshqaradigan  idoralarning,  mahallalarning  nufuzini  va  mavqeini 
oshirish, ularga ko„proq huquqlar berish katta ahamiyat kasb etadi».  
2.Mamlakatimizda ―Kuchli davlatdan  –  kuchli jamiyat sari‖ tamoyili 
asosida  ham  islohotlar  olib  borilmoqda.  Haqiqatan  ham  bugungi  kunda 
davlatning  bir  qator  funksiyalari  o‗zini  -  o‗zi  boshqarish  organlariga 
o‗tkazilganligi  ijobiy  natijalar  berayotganining  guvohimiz.  Ya‘ni,  bu 
organlar joylarda bir qator ijtimoiy himoya, iqtisodiy masalalar, madaniy-
ma‘rifiy  soha,  atrof-muhit  himoyasiga  oid  davlat  zimmasida  bo‗lgan 
ko‗plab masalalarni ishonarli ado etib kelmoqda. Fuqarolarning o‗zini-o‗zi 
boshqarish  organlari  ayni  vaqtda  fuqarolarning  siyosiy  faolligini 
oshirishda ham katta bir ijtimoiy maktab hisoblanadi.  
Fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari ham nodavlat notijorat 
tashkilotlariga  o‗xshagan  jamoat  tuzilmasi  hisoblanadi.  Ularning 
shakllantirilishi demokratik asoslarda – saylovlar orqali amalga oshiriladi. 
Shunday  ekan,  fuqarolarning  o‗zini-o‗zi  boshqarish  organlariga  faqat 
ijtimoiy  xarakterga  ega  bo‗lgan  vazifalar  yuklatilishi  lozim.  Bunday 
tuzilmalar  bevosita  davlat  organlari  vakolatiga  kiradigan  vazifalarni 
bajarishdan  ozod  etilishi  kerak.  Ijtimoiy  tuzilmalar  jamiyat  boshqaruvida 
munosib  ishtirok  etsa,  fuqarolik  jamiyati  asoslarini  shakllantirishni 
zimmasiga  olsa,  har  bir  fuqaroning  davlat  va  jamiyat  boshqaruvida  erkin 
ishtirokini  ta‘minlashga  erishsa,  bu  jamiyat  kuchli  jamiyat  sifatida  tan 
olinadi.  Kuchli  jamiyat  har  qanday  muammoni  o‗zi  hal  etadi.  Har  bir 
fuqaro  esa  o‗zining  siyosiy  hamda  iqtisodiy  imkoniyatlaridan  foydalana 
oladi, jamiyatning faol a‘zosiga, muhimi uning boshqaruvchisiga aylanadi. 
Boshqaruv  jarayonida  jamatchilikning  ishtiroki  ortib,  mahalliy  hokimiyat 
bilan ular o‗rtasidagi munosabatlar birlashib boradi. Shu yo‗l bilan o‗zini-
o‗zi  boshqaradigan  jamiyat  barpo  etiladi.  Ammo,  bu  jarayon  tez 
kechadigan  ijtimoiy  hodisa  emas.  Bular  demokratik  huquqiy  davlatning 
asosini  tashkil  etadi.  Kuchli  fuqarolik  jamiyati-turli  xil  nodavlat  notijorat 


133 
 
tashkilotlari,  siyosiy  partiyalar,  yuqori  saviyadagi  siyosiy  fuqarolar 
faolligi bilan xarakterlanadi.  
Kuchli  davlat  esa  kuchli  jamiyat  shakllanishida  islohotchilik  qilishi 
mumkin. Davlat islohotchi sifatida o‗zining qator vazifalarini turli ijtimoiy 
tuzilmalarga bosqichma-bosqich o‗tkazib borishi lozim. Buning uchun esa 
jamoat  tuzilmalari  doimo  davlatning  yordamiga,  uning  qo‗llab-
quvvatlashiga  ehtiyoj  sezadi.  O‗zbekiston  Respublikasining  nodavlat 
notijorat  tashkilotlari  va  boshqa  jamoat  tuzilmalarini  davlat  tomonidan 
qo‗llab-quvvatlash  g‗oyasi  Birinchi  Prezidentimiz  I.Karimovga  tegishli 
bo‗lib, u «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» konsepsiyasining tarkibiy 
qismi  hisoblanadi.  Nodavlat  notijorat  tashkilotlari  va  boshqa  jamoat 
tuzilmalari  bilan  bog‗liq  munosabatlar  va  tamoyillar  O‗zbekiston 
Respublikasining  «Jamoat  birlashmalari  to‗g‗risida»,  «Nodavlat  notijorat 
tashkilotlar  to‗g‗risida»,  «Fuqarolarning  o‗zini-o‗zi  boshqarish  organlari 
to‗g‗risida»,  «Siyosiy  partiyalar  to‗g‗risida»gi  Qonunlari  va  boshqa 
qonunlarda o‗z aksini topgan.  

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin