faqat ma‘naviy sanksiyalarni qo‗llashi mumkin. Lekin o‗rinli va to‗g‗ri
qo‗llangan ma‘naviy sanksiyalarning kuchi huquqiy sanksiyalar kuchidan
kam bo‗lmasligi mumkin.
Jamoatchilik nazorati ijtimoiy tizimning o„zini o„zi tartibga solish usulidir. Mazkur usul huquqiy me‘yorlar yordamida hamda mazkur
tizimning tarkibiy qismlari orqali tartib va barqarorlikni ta‘minlash
maqsadida o‗tkaziladi. Jamoatchilik nazoratining xarakteri, mazmuni,
yo‗naltirilganligi mazkur ijtimoiy tizimning xarakteri, mohiyati va tipi
bilan belgilanadi.
Jamoatchilik nazoratining samaradorligini ta‘minlashda muhim
omillardan biri davlat hokimiyati organlari faoliyatining shaffofligidir. Shuni hisobga olib mamlakatimizda muhim ijtimoiy eksperiment
o‗tkazildi. Ana shu eksperiment Buxoro va Samarqand viloyatlari davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlari 2013 yilning may-noyabr oylarida
qonun loyihasi talablariga mos keladigan yangi rejimda faoliyat yuritdi.
Masalan, yangi talablarga ko‗ra, jismoniy va yuridik shaxslarning
so‗rovlari qayd etilgan kundan boshlab, 15 kun davomida ko‗rib chiqilishi
belgilandi. OAVning eksperiment sub‘ektlari faoliyati, mansabdor shaxslar
bilan intervyu tashkil qilish haqidagi so‗rovlarini esa, yetti kundan
oshmagan muddatda ko‗rib chiqish belgilandi.
2. 2018 yil 12 aprelda ―Jamoatchilik nazorati to‗g‗risida‖gi Qonun
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi va kuchga kirdi.
Ushbu qonun 21 moddadan iborat bo‗lib qonunning maqsadi davlat
organlari va muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil
etish hamda amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan
iborat
1
. Qonunda jamoatchilik nazorati sub‘ektlari, ob‘ekti, asosiy
prinsiplari, jamoatchilik nazorati shakllari va boshqa bir qancha masalalar
aniq belgilab berilgan. Ushbu Qonun fuqarolarning huquqlari, erkinliklari
va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini hamda qonun hujjatlari
talablariga davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan
og‗ishmay rioya etilishini, ular oldida turgan vazifalarning samarali
amalga oshirilishini ta‘minlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
1
―Jamoatchilik nazorati to‗g‗risida‖ O‗zbekiston Respublikasining Qonuni. 2018 yil 12 aprel, № ЎРҚ-474
145
O‗zbekiston Respublikasining ―Jamoatchilik nazorati to‗g‗risida‖gi
Qonuni 3-moddasida ta‘kidlanishicha quyidagilar jamoatchilik