Oвid haydarov



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/103
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#42733
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   103
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati

prinsiplari  quyidagilardan  iborat:  qonuniylik,  fuqarolarning  huquqlari, 
erkinliklari  va  qonuniy  manfaatlari  ustuvorligi,  jamoatchilik  nazoratini 
amalga  oshirishda  ishtirok  etishning  ixtiyoriyligi,  jamoatchilik  nazoratini 
amalga  oshirishning  ommaviyligi  va  ochiqligi,  jamoatchilik  nazorati 
sub‟ektlarining xolisligi va beg„arazligi va boshqalar.  
Qonunning  6-moddasida  jamoatchilik  nazoratining  shakllari 
belgilab qo‗yilgan bo‗lib, ular quyidagilardan iborat:  
davlat organlariga murojaatlar va so„rovlar;  
- davlat organlarining ochiq hay‟at majlislarida ishtirok etish; 
- jamoatchilik muhokamasi; 
- jamoatchilik eshituvi; 
- jamoatchilik monitoring; 
- jamoatchilik ekspertizasi; 
- jamoatchilik fikrini o„rganih; 
-  fuqarolarning  o„zini  o„zi  boshqarish  organlari  tomonidan  davlat 
organlari mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish. 
Ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni, shuningdek normativ-huquqiy 
hujjatlar,  davlat  organlarining  boshqa  qarorlari  loyihalarini  ommaviy 
muhokama  qilish  jamoatchilik  muhokamasi  deb  ataladi.  Davlat 


146 
 
organlarining  va  ular  mansabdor  shaxslarining  faoliyatini  jamoatchilik 
manfaatiga daxldor axborotni yig‗ish, umumlashtirish va tahlil etish orqali 
kuzatish jamoatchilik monitoringidir.    
Mamlakatimizda  jamoatchilik  nazoratining  eng  ko‗p  tarqalgan 
ko‗rinishlaridan  biri  tuman  va  shaharlarda  mahalliy  hokimiyat  organlari 
rahbarlari,  xususan  hokimlarning  hudud  aholisi  oldida  muayyan  davr 
(chorak,  yarim  yil,  yil)  davomida  rejalarning  qanday  bajarilayotgani 
to‗g‗risida axborot berishidir. Bunda hokimdan tashqari hududdagi aholiga 
xizmat ko‗rsatadigan barcha tashkilot va muassasalarning rahbarlari hozir 
bo‗lishadi.  Tinglov  davomida  erishilgan  yutuqlar  bilan  bir  qatorda  yo‗l 
qo‗yilgan  kamchiliklar,  rejadan  orqada  qolish,  ko‗rsatilayotgan 
xizmatlarning to‗laligi va sifati singari masalalar ham muhokama qilinadi. 
Bunday tinglovlar mamlakatimizdagi barcha hududlarda an‘ana tusini oldi. 
Jamoatchilik 
nazorati 
tog‗r‗isidagi 
Qonunning 
15-moddasida 
jamoatchilik  nazorati  sub‟ektlarining  huquq  va  majburiyatlari  haqida 
aytilgan  bo‗lsa,  16-moddada  davlat  organlarining  jamoatchilik  nazorati 
sohasidagi  huquq  va  majburiyatlari  belgilab  qo‗yilgan.  Qonunning  17-
moddasiga ko‗ra jamoatchilik nazoratining natijalariga  ko‗ra bayonnoma, 
xulosa, ma‘lumotnoma shaklida yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
boshqa shaklda yakuniy hujjat tayyorlanishi mumkin. 
Mamlakatimizda  fuqarolik  jamiyatining  rivojlanishida  muhim 
omillardan  hisoblangan  ommaviy  axborot  vositalari  taraqqiy  topmoqda. 
Hozirgi  kunda  mamlakatimizda  o‗nlab  nodavlat  telekanallari,  yuzlab 
bosma  axborot  vositalari  faoliyat  yuritmoqda.  Ularning  bari  jamoatchilik 
nazoratining  sub‟ektlari  hisoblanadi.  Jamoatchilik  nazoratida  ular 
ishtirokining  o‗ziga  xos  xususiyatlari  shundan  iboratki,  ular  mazkur 
jarayonda  bevosita  ishtirok  etishlaridan  tashqari  nazoratning  boshqa 

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin