Oвid haydarov


olib  boruvchi  institutlar



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/103
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#42733
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   103
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati

olib  boruvchi  institutlar  (jamoatchilik  nazorati  sub‟ektlari)  jumlasiga 
quyidagilarni kiritish mumkin:  
-  mamlakatdagi  turli  ijtimoiy-madaniy  hamda  kasbiy  guruhlarning 
manfaatlarini  himoya  qiluvchi  siyosiy  partiyalar.  Saylovchilar  saylov 
jarayonida  u  yoki  bu  partiyaga  ovoz  berar  ekan,  ijroiya  hokimiyati 
organlari  faoliyatini  bilvosita  nazorat  qiladi.  Ayni  paytda,  ular  ovoz 
bermagan partiyalarning faoliyatiga ishonchsizlik bildirgan hisoblanadi;  
-  mehnatkashlarning  manfaatlarini  ifoda  etish  va  himoya  qilish 
maqsadida tuzilgan kasaba uyushmalari
notijorat xarakterga ega bo„lgan turli-tuman jamoat tashkilotlari va 
uyushmalari. Mazkur uyushma va tashkilotlar davlat hokimiyati organlari 
oldida  fuqarolarning  huquq  va  manfaatlarini  taqdim  qilish  va  himoya 
qilish maqsadida tuziladi
                                                           
1
 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси Т. ―Ўзбекистон‖ 2017 
2
 Ш.Мирзиѐев ―Миллий тараққиѐт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз‖ 1-жилд. 
Т. ―Ўзбекистон‖ 2017   


143 
 
-  mamlakatda  jamoat-davlat  tuzilmalarining  mavjudligi.  Bunday 
tuzilmalar  qatoriga  turli  vazirliklar  va  idoralar  qoshida  tashkil  etilgan 
jamoatchilik kengashlari va uyushmalarini kiritish mumkin
-  mamlakat  hududida  jamoatchilik  hokimiyatining  quyi  bo‗g‗ini 
hisoblanadigan  o„zini  o„zi  boshqarish  organlarining  mavjudligi. 
O‗zbekistonda  ana  shunday  organlardan  hisoblanadigan  mahalla 
institutining faoliyati aholini o‗zining ehtiyoj va manfaatlarini qondirish va 
himoya qilish maqsadida uyushtirishga yo‗naltirilgan bo‗ladi. 
Jamoatchilik  nazorati  juda  qadim  zamonlardan  buyon  mavjud. 
Masalan, ibtidoiy jamoada shaxs xulqini jamoa nazorat qilgan. Agar shaxs 
xulq-atvorida jamoa tomonidan qabul qilingan me‘yorlardan og‗ish bo‗lsa, 
jamoa a‘zolari turli sanksiyalar yordamida uning xulqini tegishli tomonga 
o‗zgartirgan. 
O‗zbekistonda  qadimdan  o‗zini  o‗zi  boshqarish  organi  bo‗lgan 
mahalla  nazoratchilik  funksiyalarini  ham  bajargan.  Bunday  funksiyani 
mahalla  jamoasi  yuqoridan  tushirilgan  farmonlar,  buyruqlar  va  boshqa 
huquqiy me‘yorlarga munosabat bildirish shaklida ifodalagan. 
Jamoatchilik  nazorati  uzoq  tarixga  ega  bo‗lsa  ham,  uni  ilmiy 
tushuncha  sifatida  fanga  ijtimoiy  psixologiyaning  asoschilaridan  bo‗lgan 
T.Tard olib kirdi. Uning talqinida mazkur tushuncha jinoyatchining xulq-
atvorini  me‟yoriy  qoidalar  doirasiga  qaytarish  uchun  qo„llaniladigan 
usullar  majmuini  ifodalagan.  Amerikalik  sotsiologlar  E.Ross  va  R.Park 
tadqiqotlarida jamoatchilik nazorati individga uning xulq-atvorini ijtimoiy 
me‟yorlarga mos keltirish maqsadida o„tkaziladigan ta‟sirni anglatadi. 
Amerikalik  sotsiolog  T.Parsons  tavsifida  jamoatchilik  nazorati 
sanksiyalar  yordamida  deviant  xulq-atvorga  ta‟sir  o„tkazish  orqali  uni 
me‟yoriy  holatga  keltiradi  va  ijtimoiy  barqarorlikni  ta‟minlashga  xizmat 
qiladi.  
Sanksiyalar - jamoatchilik nazoratining elementidir. Alohida shaxslar 
va  ijtimoiy  guruhlarning  hatti-harakatiga  tezkor  munosabat  bildirish 
maqsadida jamiyat ijtimoiy sanksiyalar tizimini yaratgan. Sanksiyalar o‗z 
mohiyatiga  ko‗ra,  alohida  shaxs  va  ijtimoiy  guruhlar,  muassasa  va 
tashkilotlarning  hatti-harakatiga  munosabatdir.  Ijtimoiy  sanksiyalar 
tizimining  vujudga  kelishi  tasodifiy  hol  emas.  Me‘yorlar  jamiyat 
qadriyatlarini  himoya  qilish  maqsadida  yaratilgan  bo‗lsa,  sanksiyalar 
ijtimoiy me‘yorlar tizimini himoya qilish va mustahkamlash uchun xizmat 
qiladi. Me‘yor sanksiya yordamida himoya qilinmasa, unga odamlar amal 
qilmay qo‗yadi.  


144 
 
Sanksiyalar  moddiy  va  ma‘naviy  bo‗lishi  mumkin.  Moddiy 
sanksiyalar vazifasini jarima, mol-mulkni musodara qilish kabilar bajaradi. 
Ma‘naviy  sanksiyalar  esa  tanqidiy  fikr,  hayfsan,  kesatiq,  piching,  izza 
qilish  kabi  shakllarda  bo‗lishi  mumkin.  Fuqarolik  jamiyati  institutlari 
ma‟muriy  va  huquqiy  sanksiyalarni  qo„llash  vakolatiga  ega  emas.  Ular 

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin