ustuvor yo‗nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
fuqarolar o„zini o„zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o„rni va
rolini yanada kuchaytirish, ularni joylarda xalqning chinakam
maslakdoshi va ko„makdoshiga aylantirish;
jamiyatimizda o„zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini
shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash
hamda rivojlantirishda mahallalarning ahamiyati va nufuzini yanada
oshirish;
yoshlarni ma‟naviy boy va jismonan sog„lom etib tarbiyalash,
ularning bandligini ta‟minlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan
himoya qilish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini, keksa avlod vakillarini
ijtimoiy qo„llab-quvvatlash borasida fuqarolar o„zini o„zi boshqarish
organlarining davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o„zaro hamkorligini
mustahkamlash;
jamoat tartibi va xavfsizligini ta‟minlashda, huquqbuzarliklarning
barvaqt
oldini
olishda,
fuqarolarda
qonunga
hurmat
hissini
kuchaytirishda mahallalarning bevosita ishtirokini kengaytirish;
137
fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlari huquq va qonuniy
manfaatlarini
himoya
qilishning
hamda
ular
faoliyatini
muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish, mahalla
tizimida yagona huquqni qo„llash amaliyotini ta‟minlash.
Fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari faoliyatini
muvofiqlashtirish bo‗yicha respublika kengashiga yuridik shaxs maqomini
bergan holda fuqarolar yig‗inlarining uyushmasi shaklida tashkil etildi.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar,
tumanlar va shaharlarda tuzilgan kengashlarni
esa
Respublika
kengashining tarkibiy tuzilmalari sifatida tashkil etildi.
Kengashlarning nufuzi va maqomini oshirish, joylarda aholi
tomonidan ko‗tarilayotgan masalalarni ijro hokimiyati organlarining
rahbarlari e‘tiboriga yetkazish va mazkur masalalarni hal etish bo‗yicha
ularning bevosita ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida O‗zbekiston
Respublikasi Bosh vaziri, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jo‗qorg‗i
Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar va shaharlar
hokimlari
zimmasiga
tegishincha
Respublika kengashi,
hududiy
kengashlarga jamoatchilik asosida raislik qilish vazifasi yuklatildi.
Kengashlar zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini samarali
ta‘minlash, fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari faoliyatining
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sohada amalga oshirilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy
dasturlarni moliyalashtirish bo‗yicha ishlarning
samaradorligini oshirish maqsadida Respublika kengashi va hududiy
kengashlar raislarining birinchi o‗rinbosarlari bir vaqtning o‗zida
―Mahalla‖ fondining tegishincha respublika boshqaruvi hamda hududiy
bo‗lim va bo‗linmalariga raislik qilishlari belgilab qo‗yildi.
Shuningdek, yoshlarni ona Vatanga muhabbat, xalqimizning ko‗p
asrlik an‘analariga hurmat ruhida tarbiyalash, mahallalarda tinchlik va
osoyishtalikni ta‘minlash, keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligini
qo‗llab-quvvatlash borasida joylarda amalga oshirilayotgan chora-
tadbirlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida Respublika
kengashida tashkiliy ishlar va uslubiy masalalar bo„yicha rais o„rinbosari,
shuningdek Respublika kengashi hamda hududiy kengashlarda yoshlar
ishlari, diniy-ma‟rifiy masalalar, keksalar va faxriylar ishlari bo„yicha
rais o„rinbosarlari lavozimlarini, fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish
organlarida esa jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan mahalla
fuqarolar yig„ini raisining o„rinbosari - yoshlar masalalari bo„yicha
maslahatchi lavozimi joriy etildi.
138
Bundan tashqari, ijtimoiy muhim masalalarni hal etishda
fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari hamda davlat va jamoat
tashkilotlari o‗rtasida o‗zaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida
kengashlar kollegial organlari tarkibiga tegishincha davlat hokimiyati
vakillik organlari vakillari, moliya, ichki ishlar, mehnat, xalq ta‘limi,
sog‗liqni saqlash vazirliklari, Yoshlar ittifoqi, ―Nuroniy‖ jamg‗armasi,
Xotin-qizlar qo‗mitasi, boshqa davlat va nodavlat tashkilotlar hamda
ularning hududiy tuzilmalari rahbar xodimlarini kiritildi.
Fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari zimmasiga yuklatilgan
vazifalarning samarali ijrosini ta‘minlash maqsadida mahalla fuqarolar
yig‗ini Kengashi tarkibiga fuqarolar yig‗ini raisining o‗rinbosarlarini
(fuqarolar yig‗ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar
masalalari
bo‗yicha
maslahatchilarini),
hududdagi
profilaktika
inspektorlarini, ta‘lim muassasalari va qishloq vrachlik punktlari (oilaviy
poliklinikalar) rahbarlarini kiritish va ularning o‗z faoliyati yuzasidan
yilning har choragida fuqarolar yig‗ini (fuqarolar vakillarining
yig‗ilishi)ga hisobot taqdim qilishlari amaliyotini joriy etish belgilab
qo‗yildi.
Bundan tashqari, mahalla fuqarolar yig‗inlarining mahalliy
ahamiyatga molik masalalarni hal etish bo‗yicha mustaqilligini ta‘minlash,
o‗zini o‗zi boshqarish tizimida ortiqcha bo‗g‗inlardan voz kechish
maqsadida tarkibida mahallalar tuzilgan shaharcha, qishloq va ovul
fuqarolar yig„inlarini mahalla fuqarolar yig„inlariga birlashtirish va
bo„lish yo„li bilan qayta tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga
oshirildi.
Barcha tumanlar va shaharlar markazlarida ―Mahalla markazi‖
majmualari binolarini namunaviy loyihalar asosida barpo etishga
qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, fuqarolar o‗zini o‗zi boshqarish organlarining
zimmasiga yuklatilgan vazifalarning amalga oshirilishiga munosib hissa
qo‗shgan tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillariga
taqdim etiladigan ―Mahalla iftixori‖ ko‗krak nishoni ta‘sis etildi.
Mahalla boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan va oshirilayotgan
kompleks chora-tadbirlar fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari
zimmasidagi
vazifalarni
samarali
bajarish,
ularning
faoliyatini
muvofiqlashtirish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan
o‗zaro hamkorligini yanada mustahkamlash hamda mahalla institutining
chin ma‘noda fuqarolik jamiyati instituti sifatida qaror topish imkonini
beradi.
|