Oвid haydarov


sub‘ektlari  tomonidan  aniqlangan  qonunga  xilof  holatlarni  keng



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/103
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#42733
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   103
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati

sub‘ektlari  tomonidan  aniqlangan  qonunga  xilof  holatlarni  keng 
jamoatchilikka  yetkazishda  muhim  rol  o‗ynaydi.  Ular  yetkazgan 
ma‘lumotlar  jamoatchilikning  qonunlarni  buzish  hollariga  nisbatan 
murosasiz munosabatlarini shakllantiradi. 
O‗zbekistonda  huquqiy  davlat  qurish  va  fuqarolik  jamiyatini 
rivojlantirish  davlat  organlari  barcha  sohalaridagi  faoliyatini  jamoatchilik 
tomonidan nazorat qilinishini eng dolzarb masalalardan biriga aylantiradi. 
Jamoatchilik  nazoratining  hokimiyat  vakolatlariga  ega  emasligi,  uning 
yetarli ta‘sir kuchiga ega emasligi to‗g‗risida noto‗g‗ri tasavvurlar keltirib 
chiqarishi  mumkin.  Aslida,  unday  emas.  Jamoatchilik  nazorati  jarayonida 
aniqlangan  qonundan  chetga  chiqish  holatlari  vakolatli  davlat  organlariga 
yoki  jamoatchilik  fikriga  murojaat  etish  orqali  bartaraf  etiladi.  Mazkur 


147 
 
holat  jamoatchilik  nazorati  sub‟ektlari  nazoratning  ham  huquqiy,  ham 
ijtimoiy  mexanizmlardan  foydalanishi  mumkinligini  anglatadi.  Davlat 
nazorati esa, asosan, huquqiy mexanizmlardan foydalanadi.  
Jamoatchilik  nazoratining  mohiyati  davlat  hokimiyati  organlari 
faoliyatiga  tanqidiy  munosabatda  bo‗lishdagina  emas,  ana  shu  tanqidiy 
munosabat orqali davlatni qo‗llab-quvvatlashda ham namoyon bo‗ladi.  
3. Ijtimoiy sheriklik g‗oyasi ijtimoiy va siyosiy sohada insoniyat kashf 
qilgan  eng  buyuk  ixtirolardan  biridir.  Insoniyat  ijtimoiy  sheriklikning 
zarurligini  anglab  yetishi  uchun  ko‗p  asrlar  kerak  bo‗ldi.  Bu  jarayonda 
uzoq davom etgan konfrontatsiyani, murosasiz kurashlarni, keskin ijtimoiy 
nizolarni boshdan kechirishga to‗g‗ri keldi. 
“Ijtimoiy sheriklik” tushunchasi ijtimoiy fanlarga kirib kelganiga ko„p 
vaqt  bo„lgani  yo„q.  Bu  tushuncha  dastavval  mehnat  munosabatlari 
doirasida  va  ularni  tartibga  solish  maqsadida  yaratildi.  Kapital  bilan 
mehnat, ish beruvchilar bilan yollanma ishchilar  o‗rtasidagi  munosabatlar 
asrlar davomida rivojlanib kelayotgan bo‗lsa ham, ularni tartibga soladigan 
ijtimoiy sheriklikning zarurligi va mumkinligini XIX asrning oxirlari- XX 
asr boshlariga kelibgina  anglay boshlandi. Bu davrgacha  ijtimoiy mehnat 
jarayonlaridagi ziddiyatlar goh pasayib, goh kuchayib davom etaverdi. Bu 
ziddiyatlar 
ijtimoiy 
munosabatlarning 
negizini 
tashkil 
etuvchi 
munosabatlar,  ya‘ni  ish  beruvchilar  bilan  yollanma  ishchilar 
manfaatlarining mos kelmasligi natijasida vujudga kelgan edi.  
Ijtimoiy  sheriklik  ijtimoiy  va  siyosiy  sohada  insoniyat  kashf  qilgan 
eng buyuk ixtiro sifatida XX asrda maydonga keldi. Ungacha ham odamlar 
orasida  sheriklik  munosabatlari  mavjud  bo‗lgan.  Bunday  munosabatlar 
minglab  yillardan  buyon  davom  etib  keladi.  Ijtimoiy  sheriklikning  XX 
asrgacha  jamiyatda  mavjud  bo‗lgan  sheriklikdan  asosiy  farqi  shundaki, 
avvallari sheriklik alohida shaxslar, nari borsa, kichik guruhlar  o‗rtasidagi 
sheriklikdan  iborat  edi.  Masalan,  bir  jamoada  mehnat  qilayotganlar,  bir 
kasb  egalari,  qo‗ni-qo‗shnilar,  qarindosh-urug‗lar,  tanish-bilishlar  biror 
yumushni  bajarishda  bir-birlari  bilan  sheriklik  qilar  edi.  Sheriklikning  bu 
ko‗rinishi hozir ham davom etib kelmoqda.  
XX  asrgacha  mavjud  bo„lgan  sheriklik  alohida  shaxslar  va  kichik 
guruhlar o„rtasidagi munosabatlarni tartibga solib kelgan bo„lsa, ijtimoiy 
sheriklik  katta  ijtimoiy  guruhlar  o„rtasidagi  munosabatlarni  tartibga  sola 
boshladi.  Masalan,  ish  beruvchi  sarmoyadorlar  bilan  yollanma 
ishchilarning  manfaatlari  o‗rtasidagi  asosiy  ziddiyat  shundan  iborat  ediki, 
sarmoyadorlar  yollanma  ishchilarni  ko‗proq  ishlatib  kamroq  haq 


148 
 
to‗lashdan,  yollanma  ishchilar  esa  kamroq  ishlab  ko‗proq  haq  olishdan 
manfaatdor edilar.  
Birinchi Prezident Islom Karimov o‗zining 2010 yil 12 noyabrida Oliy 
Majlis Senati va Qonunchilik Palatasining qo‗shma majlisida bayon qilgan 
―Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va 
fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  Konsepsiyasi‖da  davlat  hokimiyat 

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin