150
xizmatlar ko‗rsatishdir. Aholiga ijtimoiy xizmatni davlat idoralari ham
ko‗rsatadi. Lekin NNTlar tarkibi ixchamligi va bevosita aholi tashabbusi
bilan tuzilgani sababli ularning xizmati tezkor va aniq manzilga qaratilgan
bo‗ladi. Bundan tashqari, NNTlar ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatishga davlat
byudjeti mablag‗laridan tashqari xususiy sektor mablag‗larini ham
grantlar, xayriya ishlari, badallar, volontyorlar faoliyati shaklida jalb etish
imkoniyatiga ega. O‗zbekistonda davlat NNTlarning mana shu xususiyat
va imkoniyatlarini hisobga olib har tomonlama yordam ko‗rsatmoqda.
Davlatning ko‗magi grantlar, ijtimoiy buyurtmalar, subsidiyalar tarzida
amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda
ijtimoiy
sheriklikni
qo‗llab-quvvatlash
va
rivojlantirish sohasida olib borilayotgan ishlarga qisqacha ko‗z yugurtirib
chiqishning o‗zi ham bu masalada jahon fani yaratgan nazariya yangi
yondashuv bilan boyitilgani, uning bir qator jihatlari aniqlashtirilgani,
mazkur soha amaliyoti esa jiddiy boyitilganidan guvohlik bermoqda.
Dostları ilə paylaş: