152
O‗zbekiston fuqarolari millati, irqi, jinsi, kasb-kori, ijtimoiy kelib
chiqishidan qat‘iy nazar fuqaro sifatida qonun oldida huquqan teng va
birdek mas‘uliyatlidirlar. Shuning uchun ham mavjud muammolarni
bartaraf etishda fuqarolarning o‗z fuqarolik huquqlarini bilib olishlari va
ular himoya qilishlari hamda burchlarini chuqur anglab yetishlari uchun
ularni huquqiy jihatdan tarbiyalab borish dolzarb vazifalardan biri sifatida
qaralmoqda. Bu jarayon fuqarolar uchun ma‘naviy kamolot manbai
bo‗lishi bilan birga, ularning bu boradagi mas‘uliyatini yanada oshirishda
ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shuning uchun ham, O‗zbekistonda
demokratik jamiyat qurish kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga
o‗tish konsepsiyasi zamirida inson erkinliklarini fuqaro, xalq manfaatlariga
mos holda bosqichma-bosqich yuzaga chiqarish asosiy vazifa sifatida
belgilangan.
Bugun biz qurayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik
jamiyatining ma‘naviy binosi mustahkam bo‗lishi lozim. Bu esa, eng
avvalo, fuqarolarni, ayniqsa, yoshlarni chuqur bilimli, teran fikrli, o‗z
o‗tmishi durdonalaridan va ma‘naviy qadriyatlaridan xabardor,
vatanparvar, haqiqatparvar, fidoyi qilib tarbiyalashni taqozo etadi. Komil
inson shaxsini tarbiyalash esa eng murakkab va qiyin jarayondir. Bu
jarayonni amalga oshirish ular ongiga milliy qadriyatlarni singdirish
maqsadga muvofiqdir. Demak, bugungi yosh avlod o‗z tarixini,
madaniyatini, milliy qadriyatlarini, tilini, dinini va urf-odatlarini
mukammal bilsagina, mustaqillikning asl mohiyatini chuqurroq anglab
yetadilar. Fuqarolik jamiyati ham ana shu milliy qadriyatlarimizga
asoslanib rivojlantirilishi bejiz emas. Zero,
“Modomiki biz huquqiy
demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurayotgan ekanmiz,
ma‟naviyat sohasidagi XXI asrga mo„ljallangan harakat dasturimiz
shundan kelib chiqmog„i darkor, ya‟ni erkin fuqaro – ongli yashaydigan,
mustaqil fikrga ega bo„lgan shaxs ma‟naviyatini kamol toptishirish bizning
bosh milliy g„oyamiz bo„lishi zarur”
1
. Har birimiz ushbu vazifalarni
amalga oshirilishida faol fuqarolik pozitsiyamizni ko‗rsatishimiz hamda
biz yoshlarga qarata aytilgan ―Farzandlarimiz, yoshlarimiz bizning nafaqat
ishonchimiz va kelajagimiz, yoshlarimiz bugungi va ertangi kunimizning
hal qiluvchi kuchidir‖
2
degan so‗zlarni doimo yodimizda saqlashimiz
zarur.
1
Каримов И.А. Ўз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурмоқдамиз. Биз ўз келажагимизни ўз қўлимиз билан
қурамиз. 7-том.-Т.: «Ўзбекистон», 1999. 303-б.
2
Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 15 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маъруза.
153
Fuqarolik tuyg‗usi shaxsning ―Avloddan-avlodga o‗tib kelayotgan
madaniy jarayonlar axloqiy qadriyatlarning o‗tmish bilan kelajakni uzviy
aloqadorligini ta‘minlab, tarixiy merosning nodir ne‘matlarini o‗zgartirish
asosida shakllanadi‖
1
. Fuqarolik jamiyatining asosiy mezonlaridan biri bu
fuqarolarning yuksak darajada ong va madaniyatga ega bo‗lishliklari
hisoblanadi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda,
fuqarolik jamiyatida faol,
Dostları ilə paylaş: