sentabr) qonunlar yoshlar tarbiyasida, ularni sog‗lom turmush tarziga
o‗rgatishda, ish bilan band qilishda, huquqbuzarliklarning oldini olishda
muhim huquqiy baza vazifasini o‗tamoqda. Shuningdek, respublika
Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “O„zbekiston Respublikasida yosh-
larga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo„shimcha cho-
ra-tadbirlar to„g„risida”gi Qarori mustaqillik yillarida olib borilgan
bosqichma-bosqich, tadrijiy islohotlarning mantiqiy va qonuniy davomi
bo‗lib, bu boradagi ishlarning yangi bosqichini boshlab berdi.
Respublikamizda mazkur qaror ijrosini ta‘minlash, shuningdek,
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‗lamli islohotlarda
yoshlarning faol ishtirokini ta‘minlash, yuksak ma‘naviyatli, mustaqil va
erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‗zlashtirgan har
tomonlama sog‗lom va barkamol avlodni voyaga etkazishga qaratilgan
yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirib kelinmoqda.
Qarorning ahamiyati quyidagilar bilan izohlanadi:
157
Birinchidan, mustaqillik yillarida yoshlar siyosati bo‗yicha amalga
oshirgan ishlarimizni sarhisob qilar ekanmiz, ularni haqqoniy baholash va
islohotlar dasturiga ma‘lum o‗zgartishlar kiritish bilan birga, birinchi
navbatda, ertangi kun talablaridan kelib chiqqan holda mamlakatimizda
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish yo‗lidagi izchil harakatlarimizda yoshlarning faol ishtirokini
kuchaytirishimizga ehtiyoj tug‗ilgani;
Ikkinchidan, hozirgi paytda mamlakatimiz yoshlarining siyosiy-
huquqiy madaniyati va ijtimoiy ong darajasining o‗sib borishi, jamiyatni
demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlarining jadal rivojlanishi,
yosh avlodning ilm-fan, sport sohasida erishayotgan yutuqlari bu sohadagi
islohotlarni yangi, yanada yuqori bosqichga ko‗tarishimiz uchun zarur
shart-sharoitlarni yuzaga keltirayotgani va boshqalar.
3. Respublikada oxirgi uch yil ichida barcha sohalarda bo‗lgani kabi
yoshlarga oid davlat siyosatini olib borish, yoshlarni jamiyat hayotidagi
rolini oshirish, ularning bandligini ta‘minlash, ma‘naviy-axloqiy jihatdan
barkamol shaxs etib tarbiyalash, ularni har tomonlama qo‗llab-quvvatlash
borasida turli yo‗nalishdagi ko‗pgina ishlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni har
tomonlama sog‗lom va ma‘naviy barkamol ruhda tarbiyalash, ularning
huquq va erkinliklarini ta‘minlash, qonuniy manfaatlarini muhofaza etish
davlat siyosati darajasiga ko‗tarilganligi barchamizga ma‘lum. Davlatimiz
rahbarining tashabbusi va rahnamoligida yoshlar tarbiyasining ustuvor
yo‗nalishlari belgilab olindi va bu borada tub islohotlar amalga
oshirilmoqda.
Ma‘naviy barkamol yoshlarni tarbiyalashda O‗zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi ―O‗zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha
Harkatlar strategiyasi to‗g‗risida‖gi PF-4947-son Farmonida
1
yoshlarga
oid davlat siyosatini takomillashtirish bo‗yicha alohida band kiritilganligi
muhim ahamiyatga ega bo‗ldi. Farmonda jismonan sog‗lom, ruhan va
aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat‘iy hayotiy
nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning
ijtimoiy faolligini oshirish muhim ustuvor yo‗nalish sifatida belgilab
qo‗yildi.
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиѐевнинг 2017 йил 7 февралдаги ―Ўзбекистон Республикасини
ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаркатлар стратегияси тўғрисида‖ги ПФ-4947-сон
Фармони // ―Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами‖, 2017 й., 6-сон, 70-модда
158
Yoshlar har bir davlatning kelajagini belgilovchi kuch ekanini
e‘tiborga olsak, dunyoning deyarli barcha davlatlarida bejiz yoshlar
siyosatini amalga oshirish bo‗yicha milliy konsepsiyalar ishlab chiqilib,
samarali faoliyat olib bormayotganining guvohi bo‗lamiz. Masalan,
Yevropa davlatlaridan Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va
Shvetsiyada bu borada erishilgan natajalar diqqatga sazovor. Bugungi
kunda dunyoning taraqqiy etgan davlatlarida yoshlarga oid davlat
siyosatini amalga oshirishning quyidagi ikki xil strategiyasi amal
qilmoqda:
Dostları ilə paylaş: |