tashabbuskor, g‗ayratli, faqat yaratuvchanlik, ijodkorlik ruhi va kayfiyati bilan yashovchi shaxslarga e‘tibor va ehtiyoj katta bo‗ladi. Bunday yuksak intellektual salohiyat tafakkur erkinligining qay darajada
shakllanishi bilan uzviy bog‗liq. Jamiyatning inson uchun yaratgan real
iqtisodiy qulayliklari va imkoniyatlari, yuridik haq-huquqlari, qaror topgan
axloqiy va ma‘naviy muhit uning tafakkuri erkin, ilg‗or va yuksak
ideallarni ko‗zlashi bilan uyg‗unlashmog‗i lozim.
Fuqarolik madaniyatini yuksaltirishda ta‘lim beqiyos o‗rin tutadi.
Bugungi kunda ham oldimizga qo„ygan asosiy maqsad - fuqarolik jamiyatini barpo etish va uni takomillashtirish uchun bilimli, ongli, tafakkuri ozod, zamonaviy dunyoqarashli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq insonlarni tarbiyalashga yanada muhim e‟tibor qaratish va bu masalalar ta‟lim islohotlarining bosh vazifasi deb qabul qilib, uni amalga oshirishdan iborat. Unutmasligimiz kerakki, ma‘rifat
xalqimiz, millatimiz qonidadir. Bizda qadimdan ―Ma‘rifatli inson‖
tushunchasi ancha keng ma‘noni anglatadi. An‘anaviy sharqona qarashga
ko‗ra, ma‘rifatlilik–faqat bilim va malaka emas, ayni paytda chuqur
ma‘naviyat va go‗zal axloq degani hamdir. Xalqimiz bilimli, kamolotli
inson deganida aynan shunday odamlarni ko‗z oldiga keltiradi.
Fuqarolik
jamiyat
asoslari
shakllanayotgan
respublikamizda,
yoshlarimizning faollikni yuksaltirish, ularda millat, xalq va jamiyat
oldidagi burch hamda mas‘uliyatini yurakdan his qilish tuyg‗ularini kamol
toptirish hamda ularning ongu shuurida mustahkam hayotiy pozitsiyani, e‘tiqod hamda maslakni shakllantirish bugungi kunning muhim
vazifalaridan biridir. Shuning uchun ham bugungi kunda ta‘lim tizimining
barcha bosqichlarida yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga
qaratilgan dars soatlari, o‗quv kurslari yo‗lga qo‗yilgan. Mazkur sa‘y-
harakatlarni amalga oshirish, egallagan bilimlarini amaliyotda qo‗llash
ko‗nikmalarini mustahkamlash, qolaversa, bu borada faol fuqarolik
pozitsiyasiga ega bo‗lgan yoshlarni qo‗llab-quvvatlash kelajakda natijalar
keltiradi. Zero, zamonaviy ta‘limning maqsadi har bir kishiga o‗z