1) yoshlar siyosati sohasida davlatning yetakchilik roliga asoslangan
strategiya;
2) yoshlar siyosati sohasida davlat va fuqarolik jamiyati tuzilmalari
tengligiga asoslangan strategiya.
Yurtimizda har yili qabul qilinayotgan Davlat dasturlarida ham
yoshlar masalasiga alohida ahamiyat berilmoqda. ―2017 yil - Xalq bilan
muloqot yili‖ Davlat dasturining 99-bandi asosida aholini, ayniqsa,
yoshlarni diniy ekstremizm, aqidaparastlik kabi buzg‗unchi harakatlar
ta‘siridan asrash maqsadida mahallalarda hamda ta‘lim muassasalarida
―Islom ma‘rifati aqidaparastlikni qoralaydi‖, ―Diniy ekstremizm va
terrorizm - yoshlar kelajagiga tahdid‖ mavzularida uchrashuv va davra
suhbatlarini tashkil etish bo‗yicha maxsus dastur ishlab chiqildi va
tadbirlar amlaga oshirildi. Ushbu tadbirlar natijasida yoshlarda dinlar
bo‗yicha to‗g‗ri va haqqoniy ma‘lumotlar shakllanishiga, milliy
an‘analarga, boy madaniy merosga tayangan holda, ma‘naviy va ma‘rifiy
ishlarni tizimli olib borishga erishilmoqda.
―2017 yil - Xalq bilan muloqot yili‖ Davlat dasturida yosh avlodni
tarbiyalash, uning ma‘naviyati va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan
tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida kompleks chora-tadbirlar
rejasi ishlab chiqilishi belgilandi
1
. Vatanimiz ravnaqini ta‘minlashda
yoshlarning mas‘uliyatini oshirishga qaratilgan ―Eng buyuk jasorat -
ma‘naviy jasoratdir‖ mavzusida davra suhbatlari, yoshlar ongiga tahdid
soluvchi axborot xurujlarining oldini olish, yoshlarda internet va boshqa
axborot resurslaridan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan
seminar-treninglar tashkil qilish belgilangan bo‗lib, buning natijasida yosh
avlodni tarbiyalash, ularning ma‘naviyati va madaniyatini yuksaltirish
samaradorligi va natijadorligi oshdi.
1
2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича
Ҳаракатлар стратегиясини ―Халқ билан муоқот ва инсон манфаатлари йили‖да амалга оширишга оид Давлат
дастурини ўрганиш бўйича илмий-услубий рисола Т. ―Маънавият‖ 2017
159
―2018 yil - Faol tadbirkorlik, innovatsion g‗oyalar va texnologiyalarni
qo‗llab-quvvatlash yili‖ Davlat dasturida huquqni muhofaza qiluvchi
organlar tizimini isloh qilishda ilgari, asosan xavfsizlikka, xavf-xatar va
tahdidlar oqibatlariga qarshi kurashish bilan cheklangan terrorizm va
ekstremizmga qarshi kurashish bo‗yicha chora-tadbirlarni amalga
oshirishga yondashuvlar konseptual qayta ko‗rib chiqildi. Mazkur
muammolarni hal qilishda, birinchi navbatda, yoshlarning huquqiy
madaniyati va ma‘naviyatini yuksaltirish orqali odamlarning ongi uchun
kurashish ustuvor vazifa etib belgilandi
1
.
Prezidentimizning Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbaridan (2017
yil sentabr) turib bildirgan taklifi asosida BMT va xorijiy hamkorlar bilan
birgalikda BMTning Yoshlar huquqlari bo‗yicha konvensiyasi loyihasini
ishlab chiqish, loyihada yoshlarga doir turli tadbirlar qatorida ularning
ongu tafakkurini ma‘rifat asosida shakllantirish va tarbiyalashga qaratilgan
masalalar ham nazarda tutilgan edi.
Ma‘lumki, Prezidentimiz tashabbusi bilan 2019 yil ―Faol
investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili‖ deb e‘lon qilindi. Shu
munosabat bilan tasdiqlangan Davlat dasturida ham yoshlarni ma‘naviy-
axloqiy, g‗oyaviy-mafkuraviy tarbiyalash masalalari o‗z aksini topgan.
Jumladan, Davlat dasturining 190-bandida buyuk alloma va adiblar, aziz-
avliyolarning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning
jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g‗urur va iftixor
tuyg‗ularini kuchaytirishga alohida e‘tibor qaratish maqsadida O‗zbekiston
Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida ―O‗zbekiston tarixi‖ kanalini tashkil
etish rejalashtirilgan edi. 2019 yil 1 sentabrdan ushbu kanal o‗z ishini
boshladi.
Yuqoridagilardan ko‗rinib turibdiki yoshlar masalasi, ularni ma‘nan
va axloqan barkamol, turli xil yot oqim va g‗oyalarga qarshi tura oladigan
yetuk shaxs sifatida tarbiyalash, bunda kitobxonlikka alohida e‘tibor
qaratish davlat siyosatining ustuvor yo‗nilishi sifatida muhim ahamiyat
kasb etib kelmoqda.
―Biz ta‘lim va tarbiya tizimining barcha bo‗g‗inlari faoliyatini
bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‗zimizning birinchi
darajali vazifamiz deb bilamiz‖
2
, deb ta‘kidlaydi Prezident. Bugungi kunda
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 22 январдаги 2017 — 2021 йилларда Ўзбекистон
Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегиясини «Фаол
тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва технологияларни қўллаб-қувватлаш йили»да амалга оширишга оид давлат
Дастури тўғрисидаги ПФ-5308 сон Фармони // www.lex.uz – Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари
маълумотлари миллий базаси
2
Мирзиѐев Ш. ―Миллий тараққиѐт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз‖. 1-жилд.
– Т.: ―Ўзбекистон‖ НМИУ, 2017
160
yon-atrofimizda diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi,
noqonuniy migratsiya, ―ommaviy madaniyat‖ degan balo-qazolarning
xavfi tobora kuchayib borayotgan bir vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun
o‗z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo‗qotmaydigan masala bo‗lib
qolmoqda. G‗arazli kuchlar sodda, g‗o‗r bolalarni o‗z ota-onasiga, o‗z
yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo‗lmoqda.
Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz, ota-onalar, ustoz-murabbiylar,
jamoatchilik, mahalla-ko‗y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada
oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo‗liga berib qo‗ymasdan,
ularni o‗zimiz tarbiyalashimiz lozim
1
.
2001-2017 yillarda respublikamizda ―Kamolot‖ yoshlar ijtimoiy
harakati o‗z faoliyatini olib bordi. Ushbu harakatning yoshlar hayotidagi
o‗rni, yutuq va kamchiliklari harakatning IV Qurultoyida muhokama
qilindi. Unda nutq so‗zlagan Prezident Sh.Mirziyoev (2017 yil 30 iyun)
yoshlarning ta‘lim-tarbiyasi masalalariga ham alohida to‗xtalib o‗tdi. Yosh
avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga
ega bo„lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan
ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda, deb ta‘kidladi Prezident
o‗z nutqida. Ushbu Qurultoyda Prezidentimizning tashabbusi bilan
―Kamolot‖ yoshlar ijtimoiy harakati o‗rnida Yoshlar Ittifoqi tashkiloti
tuzildi va 30 iyun respublikamizda Yoshlar kuni deb belgilandi.
Prezidentning 2017 yil 22 dekabr kuni parlamentga taqdim etgan
Murojaatnomasida ham yosh avlodni har tomonlama sog‗lom va barkamol
etib tarbiyalash borasida bir qator fikrlar bildirildi. Ma‘lumki,
O‗zbekistonni jahonga chiqishi, respublikamizga turistlar oqimini
ko‗paytirish, dunyo texnika va texnologiyasidan xabardor bo‗lishda chet
tillarini, jumladan ingliz tilini bilish katta ahamiyatga ega. Biz bundan
buyon ham ingliz tili va boshqa xorijiy tillarni chuqur o‗qitish masalasiga
ustuvor ahamiyat qaratamiz. Shu bilan birga, biz uchun zarur bo‗lgan
mutaxassisliklar bo‗yicha ta‘lim olish va kadrlar malakasini oshirish
ishlarini keng ko‗lamda yo‗lga qo‗yamiz
2
, deb ta‘kidladi Sh.Mirziyoev o‗z
so‗zida.
Xulosa qilib aytadigan bo‗lsak, yosh avlodda vatanga sadoqat
tuyg‗usini shakllantirish, ularni har tomonlama yetuk, barkamol qilib
voyaga etkazish uchun oila, mahalla, ta‘lim muassasalari va turli ijtimoiy
institutlarning birgalikdagi faoliyatini ta‘minlash oliy maqsadimiz
1
Ўша асар.
2
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиѐевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. 22 декабр 2017
йил. Тошкент.:Ўзбекистон., 2018
161
hisoblangan ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot barpo etish uchun
asos bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: |