organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‗rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini o‗rnatish zarurligini ko‗rsatib o‗tdi. Bu
ko‗rsatma mazmun e‘tibori bilan juda dolzarb va sermazmundir.
Islom Karimovning ―Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi‖da
belgilangan vazifalarni amalga oshira borib 2014 yilda mamlakatimizda ―Ijtimoiy sheriklik to‗g‗risida‖gi Qonun qabul qilindi va u 2015 yil 1 yanvaridan kuchga kirdi. Bu Qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda
ijtimoiy sheriklikni hayotga tadbiq qilishda muhim bosqich bo‗ldi. Shuni
ham ta‘kidlash joizki, ―Ijtimoiy sheriklik to‗g‗risida‖gi Qonunning qabul
qilinishi ijtimoiy sheriklik sohasidagi ishlarning yakunlanganini emas,
yangi mas‘uliyatli bosqich boshlanganini anglatadi.
O‗zbekistonda ijtimoiy sheriklikning o‗ziga xos xususiyatlari,
maqsadlari va sub‘ektlari ―Ijtimoiy sheriklik to‗g‗risida‖gi Qonunda
mustahkamlab qo‗yilgan. Mazkur Qonunning 3-bandida bu haqda shunday
deyiladi: ―Ijtimoiy sheriklik davlat organlarining nodavlat notijorat