140
Tayanch so‗z va iboralar:
Jamoatchilik, jamoatchilik nazorati, fuqarolik nazorati, sanksiyalar,
ijtimoiy sheriklik, davlat-xususiy sheriklik, jamoatchilik nazorati
subyektlari, jamoatchilik nazorati ob‟ekti, jamoatchilik nazorati shakllari,
davlat va jamiyat hamkorligi
1.Fuqarolik jamiyati shakllanishida fuqarolik jamiyati barcha
institutlarining o‗zaro aloqadorlikda ishlashi muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamoatchilik nazoratining maqsadi davlat hokimiyati organlarining aholi
oldidagi barcha majburiyatlarini qanday bajarayotganliklarini nazorat
qilishdan iborat. Mamlakatni modernizatsiyalash, korrupsiyaga qarshi
kurash kuchaytirilayotgan hozirgi sharoitda jamoatchilik nazoratining roli
beqiyos darajada ortadi. Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish mamlakatda
qonunchilikni ta‘minlashning kafolati vazifasini bajaradi.
Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim
sharti hisoblanadi. Jamoatchilik nazorati bo‗lmagan yoki jamoatchilik
nazorati yetarli darajada kuchga ega bo‗lmagan mamlakatda fuqarolik
jamiyati shakllanishini ham tasavvvur qilish qiyin. Shuning uchun
Konstitutsiyamizda jamoatchilik nazoratining mamlakatimiz fuqarolari
davlat boshqaruvida ishtirok etishlarining muhim vositasi ekani e‘tirof
etilgan.
Jamoatchilik nazoratini tashkil qilish masalalarini tahlil qilishdan
avval
“jamoatchilik nazorati” tushunchasining turdosh tushunchalar bilan
umumiy jihatlari va tafovutlarini aniqlab olish lozim. Hozirgi kunda
matbuotda va ilmiy adabiyotlarda
“jamoatchilik nazorati”, “ijtimoiy
nazorat”, “fuqarolik nazorati” kabi atamalar ishlatilmoqda. Tahlil shuni
ko‗rsatmoqdaki, mazkur atamalar ko‗pincha sinonim sifatida va ba‘zan
noo‗rin qo‗llanilmoqda.
―Jamoatchilik nazorati‖ va ―fuqarolik nazorati‖ tushunchalari bir-
biriga juda yaqinday tuyuladi. Aslida ular o‗rtasida umumiyliklar bilan bir
qatorda jiddiy tafovutlar ham mavjud. Ular o‗rtasidagi tafovutlar avvalo
shundan iboratki, harbiy yuristlarning fikriga ko‗ra,
fuqarolik nazorati
armiya faoliyati ustidan jamoat tashkilotlari olib borayotgan nazoratni
anglatadi. Masalan, bizning mamlakatimizda Mudofaa vazirligi qoshida
tuzilgan Jamoatchilik kengashi ana shunday nazoratni amalga oshiradi.
Shu ma‘noda fuqarolik nazorati noharbiy tashkilotlar tomonidan Qurolli
kuchlar faoliyatining mamlakatimiz qonunlariga mosligi va maqsadga
muvofiqligini nazorat qilishni bildiradi. Ikkinchidan, fuqarolik nazorati
alohida shaxslar tomonidan Qurolli kuchlar faoliyatining Konstitutsiyaga,
141
xalqaro shartnomalarga mosligi, shuningdek, Qurolli kuchlar tizimidagi
ijtimoiy masalalarning huquqiy me‘yorlarga mosligi ustidan o‗tkaziladigan
nazoratni ham bildiradi. ―Jamoatchilik nazorati‖ va ―fuqarolik nazorati‖
tushunchalari o‗rtasidagi tafovut xuddi mana shu o‗rinda ko‗rinadi.
Fuqarolik nazoratini hech bir jamoat birlashmasiga a‘zo bo‗lmagan fuqaro
ham amalga oshirishi mumkin.
Jamoatchilik nazoratini esa alohida
fuqarolar emas, jamoat birlashmalari va ularning vakillari amalga
oshiradi.
―Jamoatchilik nazorati‖ va ―ijtimoiy nazorat‖ tushunchalari o‗rtasidagi
tafovut avvalo, shundaki, ―ijtimoiy nazorat‖ tushunchasi mazmun
doirasiga ko‗ra ―jamoatchilik nazorati‖ tushunchasidan kengroq. Bu
tushuncha tarkibiga ―jamoatchilik nazorati‖ tushunchasidan tashqari davlat
nazorati va fuqarolik nazorati ham kiradi. Chunki ular ham mohiyatan
ijtimoiy nazoratning ko‗rinishlaridir.
Jamoatchilik nazoratiga turli-tuman ta‘riflar berilgan. Jamoatchilik
nazoratining asosiy xususiyatlarini qamrab oladigan quyidagicha ta‘rifdan
foydalanish o‗rinliroq bo‗ladi:
―Jamoatchilik nazorati ― jamoat
Dostları ilə paylaş: