TERMIZ DАVLАT PEDAGOGIKA INSTITUTI ROMAN-GERMAN TILLARI KАFEDRАSI OʼQITUVCHISI SH. JUMANAZOROVNING “TIL ASPEKTLARI AMALIYOTI” FАNIDАN “DAS LEBEN AUF DEM LANDE ODER IN DER STADT” MАVZUSIDА OʼTKАZGАN OCHIQ DАRSI MUHOKАMАSIGА BАGʼISHLАNGАN YIGʼILISH
BАYONNOMASI № 5.09. 2022 y. Termiz sh. Qatnashdilar: Xorijiy tillar nazariyasi va metodikasi kafedrasi oʼqituvchilari – 4 kishi, 2-magistrantlari, 1-kurs talabalari 13 nafar. Jami: 26 kishi
KUN TАRTIBI Xorijiy tillar nazariyasi va metodikasi kafedrasining oʼqituvchisi Sh.JUmamazorovning ochiq darsi muhokamasi:
Yigʼilishni Xorijiy tillar nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri M. Qodirova ochdi va dastlabki soʼzni oʼqituvchiga berdi. Sh.Jumanazorov soʼzi: “Bugungi ochiq darsimiz orqali rejadagi mavzuni yangi metodlar orqali tez va oson oʼzlashtirishga erishishga xarakat qildim. Darsning rejasi va maqsadiga erishdim, berilgan mavzu muhokama qilindi. Аyniqsa, talabalar faol ishtirok etishdi va mavzuni toʼliq tushunishdi. Аlbatta, dars davomida kamchiliklarga yoʼl qoʼyildi. Oʼzim uchun kamchiliklarni belgilab oldim, tegishli xulosalar chiqardim”.
Shundan keyin yigʼilish raisi soʼzni boshqalarga berdi:
Xorijiy tillar nazariyasi va metodikasi kafedrasi oʼqituvchisi Phd. M. Qodirova soʼzi: “Sh.Jumanazorovning dars faoliyati bilan tanishdik, darsni namunali oʼtdi deb hisoblayman. Talabalarda katta qiziqish bilan darsni oʼzlashtirishga xarakat bor. Darsda barcha aspektlardan foydalanildi. Dars etaplari ham toʼgʼri taqsimlangan”.
Shundan keyin Xorijiy tillar nazariyasi va metodikasi kafedrasi oʼqituvchisi O.Xushboqovga soʼz berildi: Darsda qatnashayotgan 1-kurs talabalari va oʼqituvchi Sh.Jumanazorov juda faol tarzda darsni olib borishdi. Talabalar ham oʼz oʼrnida faol ishtirok etdi tarqatma materiallar bir-biriga mos, dars qiziqarli buldi va ayniqsa mavzuga mos ravishda tuzilgan tarqatma materiallar mavzuni tezda osonlik bilan oʼzlashtirish uchun boshqa guruhlarda xam qoʼllab koʼrish lozim degan fikrdaman.
Oʼqituvchi M.Muqimov soʼzi: Sh.Jumanazorov darsga mukammal tayyorlangan. Talabalar uy vazifasiga yaxshi tayyorlanganlar.Oʼqituvchining mahoratini koʼrdim. Darsda ushbu mavzu orqali predmetlararo aloqani koʼrdim. Fikr almashinish juda namunali. Xususan, men darsni ijobiy baholayman.
Fakultet dekani Uralova O. “Sh.Jumanazorovning “Das Leben auf dem Land oder in der Stadt” mavzusi boʼyicha auditoriyaga batafsil maʼlumot berdi. Dars oʼtilgan materiallarni xulosalash bilan yakun topdi. Xullas, ushbu amaliy dars oʼz mazmun-mohiyati bilan oliy taʼlim mezonlariga toʼliq javob beradi- deb oʼylayman. Talabalar darsni toʼliq tushundilar va yetarlicha ma’lumotlar olishdi.Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda
YIGʼILISH QАROR QILАDI: Ingliz tili va adabiyoti kafedrasining yordamchi oʼqituvchisi Sh.Jumanazorovning 1-kurs Xorijiy til va adabiyoti (nemis til) ta'lim yoʼnalishi 103-104 guruhlarda “Sh.Jumanazorovning “TIL ASPEKTLARI AMALIYOTI" FANIDAN ,,DAS LEBEN AUF DEM LAND ODER MENSCHEN” mavzusida oʼtkazgan ochiq darsi TАLАB DАRАJАSIDА DEB TOPILSIN.
Yigʼilish raisi: PhD. Uralova O.
Yigʼilish kotibasi: Egamnazarova Z.