INTERNET SAYTLARI
1. www.president.uz
2. www.ziyonet.uz
3. www.xs.uz
4. www.nimfogo.uz
5. www.xdp.uz
6. www.adolat.uz
7. www.uzlidep.uz
8. www.milliy tiklanish.uz
9. www.ngo.uz
10. www.mahalla kengashi.uz
11. www.kasaba.uz
Mavzu: AXBOROT SOHASINI ISLOH QILISH, AXBOROT VA
SO‗Z ERKINLIGINI TA‘MINLASH
Reja:
1. Fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida axborot sohasini isloh qilish,
so‗z va axborot erkinligi
2. Axborot va so‗z erkinligini ta‘minlashning asosiy usullari (Ochiq
muloqot, Xalqaro Press klub, Yoshlar Press klubi)
3. Fuqarolarning elektron murojaatlari va ―Xalq qabulxonalari‖
Tayanch so‗z va iboralar:
Axborot,
ommaviy
axborot
vositalari,
axborot
sohasini
liberallashtirish, so„z erkinligini ta‟minlash, nodavlat ommaviy axborot
vositalari, televideniye, radio, gazeta, jurnal, Internet tarmog„i, “Elektron
hukumat”, “to„rtinchi hokimiyat”
Har qanday jamiyatda axborot hamisha mamlakat taraqqiyotining
ko‗zgusi,
kishilarning
ongi,
dunyoqarashi,
siyosiy
saviyasi
117
shakllanishining asosiy vositalaridan biridir. Shuning uchun ham,
axborotga bo‗lgan hayotiy ehtiyoj, uni qondirishga xizmat qiluvchi
omillarni shakllantirish kishilik taraqqiyotining har bir bosqichida yetakchi
o‗rinlardan birini egallab kelgan.
Alloma Alisher Navoiy ham o‗z ijodi va faoliyati davomida xolis va
rost axborot masalasiga alohida e‘tibor qaratgan. ―Farhod va Shirin‖
dostonida xabarning ijtimoiy ahamiyatiga alohida e‘tibor qaratgan
mutafakkir ajdodimizning:
Erursen shoh - agar ogohsen-sen,
Agar ogohsen - sen, shohsen sen,
degan misrlari har qanday yangilik, xabar haqiqiyligi, xolisligi,
to‗liqligi va tezkorligi bilan baholanganligi, uning yordamida xalq irodasi
yo‗naltirilib turilganidan dalolat beradi. U mazkur misrasida agar kishi
axborotni birinchi bo‗lib egallasa, jamiyat tizginini egallashi, aynan xabar
sabab barcha halokat va falokatlarning oldini olishi haqidagi pandlari
bugungi xabar, axborot boshqarayotgan dunyomiz haqidagi bashoratdek
ko‗rinadi.
Mustaqillik yillarida erkin ommaviy axborot vositalari faoliyati uchun
zarur bo‗lgan huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy shart-sharoitlar
shakllandi. OAVning fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlantirish
yo‗lidagi islohotlar izchil davom etmoqda. Diqqatga sazovor muhim
tomoni shundaki, erkin OAVni rivojlantirmay turib, fuqarolik jamiyati
qurish va inson erkinligi, huquqlarini ta‟minlash mumkin emasligini
jamoatchilik anglab yetdi.
Avvalo, mamlakatimizda axborot sohasida olib borilayotgan siyosat
O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan ommaviy
axborot vositalari erkinligi va qonunlarga muvofiq faoliyat yuritishi
1
har
kim fikrlash, so‗z va e‘tiqod erkinligiga, hamda o‗zi istagan axborotni
izlash, olish va tarqatish huquqiga ega
2
ekanligi haqidagi me‘yorlarni
izchillik bilan va to‗laligicha ta‘minlanishi asosida amalga oshirilishini
qayd etish zarur.
Shu ma‘noda Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ommaviy axborot
vositalarining fuqarolik jamiyatidagi roliga alohida to‗xtalib: “Ochiq va
kuchli fuqarolik jamiyatini bugungi kunda erkin ommaviy axborot
vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlangan
tizimisiz tasavvur etib bo„lmaydi... ularning faoliyati samaradorligini
1
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. – Т.: Ўзбекистон, 2017
2
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. – Т.: Ўзбекистон, 2017
118
oshirishni ta‟minlaydigan zarur me‟yoriy-huquqiy baza, iqtisodiy va
huquqiy kafolatlar yaratilgani ham bu sohadagi katta ishlarimizdan
bo„ldi”
1
, deb ta‘kidlagani bejiz emas. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida
ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarning
tahlili bu sohaga oid huquqiy bazani takomillashtirish izchil va tizimli
tarzda amalga oshirib borilganligini ko‗rsatmoqda. O‗tgan yillarda
mamlakatimizda yaratilgan huquqiy makon va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar
natijasida bosma nashrlar soni ko‗paydi, xususiy gazeta va telestudiyalar
tizimi yuzaga keldi.
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, demokratik jarayonlar ancha
chuqurlashgan, bunga mos matbuotga ega bo‗lgan rivojlangan
mamlakatlarda so‗z va fikr erkinligi asta-sekin o‗z oqimi bilan kirib
kelgan. Jamiyatni tubdan isloh qilish, asrlar mobaynida shakllanib qolgan
tushunchalarni sindirish, hur fikrlilikni turmush tarziga aylantirish
maqsadida ana shunday qonunlarning qabul qilinishi O‗zbekiston uchun
katta siyosiy, madaniy, qolaversa, huquqiy voqea bo‗ldi. Ayni paytda u
axborot sohasini jahon andozalariga moslashtirish, fuqorolarni erkin
fikrlashga o‗rgatish va shu asosda jamiyatni sog‗lom fikrlar asosida
qaytadan qurish davlat siyosati darajasiga ko‗tarilganligini ko‗rsatadi.
Mustaqillik davrida mamlakatimizdagi OAVlarining qiyofasi,
tizimdagi tarkibiy o‗zgarish va yangilanishlar quyidagilarda namoyon
bo‗lmoqda:
1. OAVning soni va sifati keskin ortib bormoqda. 1991 yilda OAV
umumiy soni 395 ta bo‗lgan bo‗lsa
2
,1994 yilda Respublikada 475 ta OAV,
ulardan 384 ta gazeta, 66ta jurnal, 19 ta telestudiya, 3 ta kabel
televideniyesi, 2 ta radiostudiya va bitta agentlik faoliyat ko‗rsatgan
3
. 2014
yilga kelib, 1,4 mingtaga yaqin ommaviy axborot vositalari O‗zbekiston
matbuot va axborot agentligida ro‗yxatga olingan. Ulardan 709 gazeta, 289
jurnal, 95 TV va radio.
2. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda davriy bosma nashrlarning
internet versiyalari, internet jurnalistika vujudga keldi va u jadallik bilan
rivojlanib bormoqda. So‗nggi besh yil ichida ularning soni 2 barobardan
ortdi. 2015 yil 1 yanvar holatiga ko‗ra, internet ommaviy axborot vositalari
304 tani tashkil etadi
4
.
1
Каримов И.А. Ўзбекистоннинг 16 йиллик мустақил тараққиѐт йўли. – Т.: ―Ўзбекистон‖, 2007. – Б. 36.
2
Қаранг: Важный этап реформирования информационной сферы // Народное слово. – 2013. – 20 ноября.
3
ОАВ: ҳуқуқий база такомиллаштирилмоқда // Халқ сўзи. – 2010. – 20 август.
4
―Фуқаролик жамияти институтларининг фаоллиги ошмоқда‖. 24.04. 2015 // Инт.:
http://uza.uz
119
3. So‗nggi o‗n yil ichida mustaqil bosma OAVlarining soni 2,5 marta,
mustaqil elektron OAVlarning soni esa 7 barobar oshdi.
1
Mavjud barcha
telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat
ommaviy axborot vositalari hisoblanadi
2
. Bu esa erkin axborot bozori,
bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera oladigan mustaqil nashrlar soni
ko‗payib, raqobat muhiti shakllanganlidan dalolat beradi.
4.
Respublikamizda
istiqomat
qilayotgan
ko‗p
millatli
mushtariylarning talab va istaklari inobatga olingan holda bosma ommaviy
axborot vositalari 12 ta tilda
3
nashr etilmoqda, televideniye va radioda ham
bu amaliyot qo‗llanilmoqda, eshittirish va ko‗rsatuvlar qardosh xalqlar
tillaridan tashqari rus, ingliz tillarida ham efirga uzatilib, veb-saytlar
o‗zbek, rus va ingliz tillarida faoliyat yuritadi;
5. Davlat va jamoat tashkilotlari ommaviy axborot vositalari bilan bir
qatorda nodavlat ommaviy axborot vositalari va ularning faoliyatini
qo‗llab-quvvatlashga qaratilgan bir qancha tashkilotlar tizimi yaratildi.
Xususan, O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat
notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini
qo‗llab-quvvatlash
Jamoat
fondi,
Jurnalistlar
ijodiy
uyushmasi,
O‗zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot
agentliklarini qo‗llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Nodavlat
elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Jurnalistlarni
tayyorlash xalqaro markazi shular jumlasidandir.
6. Xalqaro hamjamiyatni mamlakatimiz hayoti, islohotlarni amalga
oshirish borasida qo‗lga kiritilgan yutuqlar to‗g‗risida xabardor qilish,
aholining axborotga bo‗lgan ehtiyojini qondirish hamda fuqarolar va
davlat organlari o‗rtasidagi o‗zaro aloqadorlikni kuchaytirish maqsadida
hozirgi kunda internet tarmog‗ida deyarli barcha davlat organlarining veb-
saytlari joylashtirilgan. Davlat organlari veb-saytlaridan tashqari boshqa
veb-saytlarning soni ham oshib borayotganligini alohida qayd etish zarur.
Xususan, ―Uz‖ domen zonasidagi veb-saytlarning soni 2002 yildagi
587dan
4
2010 yil fevral oyida milliy internet makonida 10 mingta veb-sayt
ro‗yxatga olingan, 2015 yil iyun oyi holatiga ko‗ra, ularning soni 21,86
mingtaga yetgan
5
.
1
Қаранг: Важный этап реформирования информационной сферы // Народное слово. – 2013. – 20 ноября.
2
Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини
ривожлантириш концепцияси: Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг
қўшма мажлисидаги маъруза. 2010 йил 12 ноябрь / И. Каримов. – Т: ―Ўзбекистон‖, 2010. – Б. 30.
3
Фуқаролик жамияти асослари: ўқув қўлланма /А.Жалилов ва бошқ. – Тошкент, 2015. - Б.187.
4
Миллий домен интернет фестивали бошланди // Халқ сўзи. – 2013. – 15 август.
5
Ўзбекистон Республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлигининг
2015 йил биринчи ярим йиллик ҳисоботи.
120
7. Sohaga zamonaviy texnologiyalar izchil joriy etilishi natijasida
tizimga raqamli, mobil va internet televideniye kabi mutlaqo yangi
mediatuzilmalar kirib kelmoqda. Global tarmoqda 200 ga yaqin
nashrlarning elektron versiyalari mavjud
1
.
Shuningdek, hozirgi kunda Qoraqalpog‗iston Respublikasi, Navoiy,
Namangan, Farg‗ona va Samarqand viloyatlari kompyuterlashtirish
markazlariga "uz" domenini ro‗yxatga olish maqomi berildi. Bu esa "uz"
domenini hududlarning o‗zida ro‗yxatga olish va ularning sonini yanada
oshirishga xizmat qiladi.
2
Veb-saytlarning soni oshib borayotganligi nafaqat fuqarolarimizning,
balki boshqa mamlakatlarda ham respublikamizda o‗zkazilayotgan
islohotlar haqida to‗la ma‘lumotga ega bo‗lish uchun imkoniyatlar
yaratmoqda.
Mamlakatimizda
yaratilgan
qonunchilik
bazasi
va
amalga
oshirilayotgan ishlar xalqaro-huquqiy me‘yorlarga to‗la mos kelishini
alohida qayd etish kerak. Xususan, OAV faoliyatiga oid qonunlarning
tahlili ularning Birlashgan Millatlar Tashkilotining ―Inson huquqlari
umumjahon
deklaratsiyasi‖
19-moddasidagi
Dostları ilə paylaş: |