99
3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori
iqtisodiy o„sish sur‟atlarini saqlab qolish:
makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o‗rta muddatli
dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o‗zgarishlarni chuqurlashtirish
hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o‗sish sur‘atlarini
ta‘minlash;
soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish
siyosatini davom ettirish, soliq ma‘muriyatchiligini takomillashtirish va
tegishli rag‗batlantiruvchi
choralarni kengaytirish;
bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini
ta‘minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish,
ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash,
istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sub‘ektlarini kreditlashni yanada
kengaytirish;
xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada
rivojlantirish, jumladan,
yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni
kengaytirish, puxta o‗ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni
davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali
foydalanish.
3.2. Tarkibiy o„zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning
etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga
uning raqobatbardoshligini oshirish:
yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy
xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‗shimcha
qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga
qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‗tkazish orqali sanoatni yanada
modernizatsiya
va diversifikatsiya qilish;
turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va
ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini
yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish;
eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini
va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va
hududlarning eksport salohiyatini
kengaytirish va safarbar etish;
3.3. Qishloq xo„jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish:
tarkibiy o‗zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‗jaligi ishlab
chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada
mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish,
agrar sektorning eksport salohiyatini
sezilarli darajada oshirish;
100
paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo‗shagan
yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog‗ olinadigan ekinlarni ekish,
shuningdek, yangi intensiv bog‗ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga
ekin maydonlarini yanada
optimallashtirish;
fermer xo‗jaliklari, eng avvalo, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab
chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish,
qurilish ishlari va xizmatlar ko‗rsatish bilan shug‗ullanayotgan ko‗p
tarmoqli fermer xo‗jaliklarini rag‗batlantirish va rivojlantirish uchun qulay
shart-sharoitlar yaratish;
sug‗oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash,
melioratsiya va irrigatsiya ob‘ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq
xo‗jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va
resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish,
unumdorligi yuqori bo‗lgan qishloq xo‗jaligi
texnikasidan foydalanish;
kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy er-iqlim va ekologik
sharoitlarga moslashgan qishloq xo‗jaligi ekinlarining yangi seleksiya
navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va
ishlab chiqarishga joriy etish bo‗yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini
kengaytirish;
3.4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk
huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag„batlantirishga qaratilgan
institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish:
xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni
ta‘minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‗lidagi barcha
to‗siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‗liq erkinlik berish, «Agar xalq
boy bo‗lsa, davlat ham boy va kuchli bo‗ladi» degan tamoyilni amalga
oshirish va boshqalar.
3.5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal
foydalanish:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush
darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-
xomashyo, sanoat, qishloq xo‗jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan
kompleks va samarali foydalanishni ta‘minlash va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: