81
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik - korrupsiya alomatlariga ega
bo„lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda
tutilgan qilmishdir.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy
yo‗nalishlari va prinsiplarini belgilashda bunday huquqbuzarlik uchun
javobgarlikning muqarrarligini ta‟minlash masalasi qat‘iy hisobga
olingan. Korrupsiyaga aralashgan, bu jirkanch illatga qo‗l urgan odam
uchun ulug‗ narsalar, mo‗tabar tuyg‗ularning qadri yo‗qoladi. Bunday
odamlar hayotda hamma narsani sotib olish va sotish mumkin, deb
o‗ylaydi. Ular hech kimga, imon-e‘tiqodga ishonmaydi, ayni paytda
bunday kimsalarga hayot uchun aziz sanaladigan hech narsani inonib
bo‗lmaydi. Chunki ular ota-onasi, qarindosh-urug‗lari, yoru- birodarlari,
mahalla-ko‗yning yuzini yerga qaratishdan, boshini egishdan uyalmaydi.
So‗nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy
mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normativ-
huquqiy hujjatlar, jumladan Byudjet va Bojxona kodekslari (yangi
tahrirda),
«Huquqbuzarliklar profilaktikasi to„g„risida»gi,
«Ijtimoiy
sheriklik to„g„risida»gi,
«Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
faoliyatining
ochiqligi
to„g„risida»gi,
«Tezkor-qidiruv
faoliyati
to„g„risida»gi,
«Elektron hukumat to„g„risida»gi,
«Ichki ishlar organlari
to„g„risida»gi qonunlar qabul qilindi.
2019 yil 27 mayda ―O‗zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi
kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e‘lon qilindi. Ushbu
farmonda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari belgilab berildi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishchanlik muhitini yaxshilash, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, ma‘muriy
to‗siqlarni bartaraf etish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-
taomillarini
soddalashtirish,
davlat
xaridlari
mexanizmlarini
takomillashtirish,
davlat
xizmatchilarining
odob-axloq
qoidalarini
tasdiqlashga doir bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
2.Respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy
asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida ilg‗or xorijiy tajribani
hisobga olgan holda
«Korrupsiyaga qarshi kurashish to‗g‗risida»gi
Dostları ilə paylaş: