Oвid haydarov


partiya  va  hukumat  rahbarlarining  demokratik  asosda  saylanishi  tartibi



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/103
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#42733
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   103
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati


partiya  va  hukumat  rahbarlarining  demokratik  asosda  saylanishi  tartibi 
XXR  hududlarida  samarali  davlat  boshqaruvini  amalga  oshirishga 
ko‗maklashmoqda.  O‗z  navbatida  Xitoy  davlat  boshqaruvida  qayta  aloqa 
tamoyilini  amalga  oshirishga  harakat  qilinmoqda.  Bunda  alohida  e‘tibor 
nima bo‗lganda ham davlatning umumiy siyosiy barqarorligiga erishishga 
qaratilmoqda
2

Uzoq  Sharqda  konfutsiychilik  ana‘analarini  saqlab  qolgan  va  milliy 
qadariyatlar  tizimiga  qat‘iy  amal  qiladigan  davlat  Koreya  Respublikasi 
(Janubiy Koreya) hisoblanadi. Bu davlatda fuqarolik jamiyati jamoaviylik 
tamoyiliga  asoslangan  holda  rivojlantirib  borilmoqda.  Fuqarolik  jamiyati 
institutlari  ijtimoiy-siyosiy  barqaorlikni  ta‘minlashga  xizmat  qilishi  bilan 
bir  qatorda  davlat  va  jamiyat  munosabatlarini  modernizatsiya  qilishda 
muhim  o‗rinni  egallaydi.  Janubiy  Koreyada  fuqarolik  jamiyatini 
rivojlantirish maqsadida liberal demokratik tamoyillarni ana‟naviy jamiyat 
boshqaruvi me‟yorlari bilan uyg„un holda tadbiq qilishga alohida e‘tibor 
qaratilgan.  Shuning  bilan  bir  qatorda  bu  mamlakatda  rivojlanayotgan 
fuqarolik  jamiyati  instutlari  “hukumat-fuqaro-huquq”  modelidan  kelib 
chiqqan holda faoliyat yuritadi.  
Insoniyat tarixida katta hududlarni egallagan rivojlangan mamlakatlar 
bilan  bir  qatorda  kichik  davlatlar  ham  mavjud.  Singapur  aynan  shunday 
shahar-davlat  hisoblanadi.  Singapur  qishloq  xo‗jaligi  yoki  biror  tabiiy 
resurslariga  ega  emas.  Ammo  suvni  ham  import  qilishga  majbur  bo‗lgan 
Singapur  o‗z  mahsulotlarini  Rossiyadan  uch  barobar  ko‗p  miqdorda 
eksport  qiladi.  Siyosatshunos  N.Gardele  bu  haqida  shunday  yozadi: 
«Ehtimol  butun  yer  yuzida  Singapurchalik  tartiblilik,  yuqori 
texnologiyalar, boy o‗rtacha sinf, madaniyat va tolerantlik bilan XXI asrga 
qadam  qo‗yishga  tayyor  shahar-davlat  bo‗lmasa  kerak.  Hali  1965  yilda 
ham Singapur iqtisodiy ko‗rsatkichlari bilan CHili, Argentina va Meksika 
bilan  bir  darajada  turgan  edi,  endilikda  esa  bu  mamlakatda  ishlab 
chiqarishi  aholi  jon  boshiga  yuqoridagi  mamlakatlardan  5  barobar  ko‗p. 
                                                           
1
 Қаранг: Мавлонов Ж. Гражданское  общество:  от   концепта  к  концепциям  и  парадигмам (социально-
философский  анализ):  монография  /  Ж.Мавлонов.  –  Ташкент: Истиқлол нури, 2014. – 224 с. 
2
 Литвинов  О.В.  Китайский  путь  к  демократии.  - М.:  Научная книга, 2004. – 369 с. 


40 
 
Ichki  yalpi  mahsuloti  —  136  milliard  dolllarni  tashkil  etadi.  Daromadi 
bo‗yicha aholi jon boshiga 45 ming dollardan ziyodni tashkil qilayotgan bu 
mamlakat jahonda etakchilik qilmoqda. Xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari 
tomonidan  o‗tkazilgan  so‗rovlar  natijasida  Singapurda  korrupsiya  va 
jinoyatchilik  ko‗rsatkichi  jahonda  eng  quyi  darajada  ekanligi  aniqlangan. 
Singapur  respublikasi  –  qirq  yillik  milliy  suverenitetidan  keyin 
rivojlanayotgan  emas,  “rivojlangan  mamlakat”  maqomini  olgan  Janubiy-
Sharqiy Osiyodagi yagona mamlakatlardan biri hisoblanadi
1
.  
Singapurda  Yevropa    namunasi  asosida  ko‗p  partiyaviylik  va  xalq 
harakati  ustunlik  qiladi.  Singapurda  barcha  partiyalar  konstitutsion-
huquqiy  rasmiylashtirilgan  va  qonuniy  maqomga  ega  bo‗lib  siyosiy 
jarayon va demokratiyaning ajralmas atributi hisoblanadi
2
.  
Singapur davlatining keyingi rivoji jamiyatni demokratlashtirish bilan 
bog‗liq.  Oxirgi  yillarda  bu  yerda  demokratiyani  takomillashtirish  davlat 
strategiyasi  aniqlab  olindi.  Bular  quyidagi  islohotlarni  amalga  oshirishda 
o‗ziga xos o‗rinni egallaydi:  
- jamiyatning ijtimoiy yaxlitligini mustahkamlash;  
- yagona singapur millatini shakllantirish;  
- iqtisodiy taraqqiyot, ta‘lim tizimini modernizatsiyalash;  
- korrupsiya bilan kurash.  
Davlat bilan birga siyosiy tuzilma tashqarisida shakllanuvchi fuqarolik 
jamiyati  bu  davlatda  katta  o‗rin  tutadi.  Singapur  hukumati  demokratik, 
biroq  o‗ta  markazlashgan  va  qat‘iy  boshqariluvchi  davlat  doirasida  xalq 
mandatini  saylovlar  orqali  qo‗lga  kiritib  borgan.  Ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyot  esa  demokratik  qadriyatlarning  shakllanishiga  asos  bo‗lgan, 
hukumat tepasiga yangi siyosiy yetakchilar avlodining kelishi bu davlatda 
o‗ziga  xos  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirishga  sharoit  yaratib  berishi 
mumkin
3


Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin