birinchidan, jamiyat hayoti faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va
ma‘naviy sohalarida ixtiyoriy ravishda shakllangan, boshlang‗ich nodavlat
tizimlarini o‗z ichiga qamrab olgan insoniy birlikdir;
ikkinchidan, jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy, oilaviy, milliy,
ma‘naviy, axloqiy, diniy, ishlab chiqarish, shaxsiy va nodavlat
munosabatlar majmuasidir;
uchinchidan, erkin individlar, ixtiyoriy ravishda shakllangan
tashkilotlar va fuqarolarning turli organlar taziyqlari, aralashishlari yoki
bir qolipga solishlaridan qonunlar vositasida himoyalangan jamiyati bo‗lib,
unda ular o‗zligini namoyon qila olishlari uchun doimiy imkoniyatlarga
ega bo‗ladilar.