Formatsion yondoshuv asosan marksizm g‗oyasiga asoslangan ilmiy
adabiyotlarda aks etadi. Bu yerda jamiyatning rivojlanishi tabiiy tarixiy
jarayon sifatida ko‗rib kelingan va mazkur jarayonda muayyan ijtimoiy –
iqtisodiy formatsiyalar bir-birini almashtiradi.
Formatsiya deganda olimlar insoniyat tarixining ma‘lum davrlarini
nazarda tutadi. Bu davrlarga o‗ziga xos ishlab chiqarish kuchlari va
munosabatlari xos va aynan shu bilan bir-biri bilan ajralib turadi.
Fuqarolik jamiyati tushunchasi, mazkur yondoshuv tarafdorlari fikriga ko„ra, faqat burjua tizimga xos hamda u siyosiy va iqtisodiy sohalari
o‗rtasida turadi.
Lekin, amaliyot shuni ko‗rsatmoqdaki, formatsion yondoshuv
fuqarolik jamiyatining nafaqat tarixiy, balki zamonaviy rivojlanish
tendensiyalarini aks ettirmaydi. Buning sababi formatsion yondoshuv
doirasida hozirgacha fuqarolik jamiyatinining ayrim tarixiy davrlarini
sakrab o‗tish masalasiga e‘tibor qaratilmagan. Shuningdek, mazkur
yondoshuv doirasida fuqarolik jamiyatining faqat iqtisodiy maslalari
ko‗rilib, ijtimoiy va ma‘naviy masalalar chetda qolib ketgan.
Formatsion yondoshuvga qarshi sivilizatsion yondoshuv ishlab
chiqilgan.
Uning
asosiy
mazmuni,
mamlakatlarda
shakllanib
rivojlaniyotgan fuqarolik jamiyati sivilizatsiya omillarini e‘tiborga olish
zarur. Mazkur yondoshuvning nazariy asoschilari sifatida O.Shpengler,
A.Toynbi, P.Sorokin e‘tirof etilmoqda. Ularning fikriga ko‗ra fuqarolik
jamiyati boshqa jamiyat shakllaridan bir qadar yuqori rivojlanish darajasi
bilan ajralib turadi. Uning asosiy me‘zoni esa – inson, uning huquq va
erkinliklari, ularni amalga oshirish real mexanizmlari mavjudligi, hamda
inson o‗zining potnetsialini to‗la qonli namoyon etish qobiliyati bilan
izohlanadi.
Lekin sivilizatsion yondoshuv ijtimoiy taraqqiyotning barcha
jabhalarini tahlil etolmadi, chunki tahlil doirasida madaniy jihatlarga
asosiy e‘tibor qaratilgan bo‗lsada, jamiyatining siyosiy va iqtisodiy
xususiyatlari e‘tibordan chetda qolgan.