Abu Ali ibn Sino (980–1037) fikricha ijtimoiy munosabatlar odamlar
o‗rtasidagi tafovut va tengliksizlik natijasidir. Xususan, Ibn Sino ―iqtisodiy
va ijtimoiy hamda shaxsiy xususiyatlarga ko‗ra tengliksizlik – inson
ijtimoiy faolligi sababi hisoblanadi‖ deb ta‘kidlaydi. Ideal davlat qurish
esa jamiyat aholisining ma‘naviy-axloqiy ravnaqi bilan bog‗liq. Uning
fikricha, ma‘naviy axloqiy qadriyatlarning yuksak qadrlanishi nafaqat har
tomonlama farovonlikni, balki jamiyatda adolat va barqarorlikni ham
ta‘minlaydi.