Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ―Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar‖, ―Hindiston‖ asarlarida adolatli jamiyat va uning amal qilishi
asoslarini shakllantirish haqidagi g‗oyalarni ilgari surgan. Uning fikricha,
jamiyatning paydo bo‗lishiga odamlarning o‗zaro hamkorligi, birga
yashashga ehtiyoji va intilishlari sabab bo‗ladi. Adolatli jamiyatni qurish
axloqiy qadriyatlarga tayanishi va rivojlantirilishi lozim. Davlat
rahbarining asosiy vazifasi aholining turli qatlamlari, kuchlilar va
kuchsizlar
o‗rtasidagi siyosiy va huquqiy adolat mezonlarini
o‗rnatishdadir. Bunga uning fikricha ideal ijtimoiy tuzilmani qurish orqali
erishiladi.