18
qurish uchun uni mudofaa qilish va oqilona boshqarish usulini bilish,
odamlarga yovuzlikdan saqlanish ezgulikka intilish yo‗llarini ko‗rsatish
lozim. U davlat rahbarining boshqaruv mahorati umumiy baxtga erishish
yo‗lidir deb hisoblaydi. Adolatli davlatni ma‘rifatli hukmdor boshqaradi, u
ma‘naviyat, adolat yetakchisi bo‗lishi, o‗z fazilatlari bilan qat‘iy talablarga
javob berishi lozim. Bu borada Abu Nosir Forobiy ―Ularning o‗zlaridan
saylangan rahbar yoki boshliqlar hokimi mutloq bo‗lmaydi. Ular odamlar
ichidan ko‗tarilgan, sinalgan eng oliyjanob, rahbarlikka loyiq kishilar
bo‗ladilar. Shuning uchun bunday rahbarlar o‗z saylovchilarini to‗la
ozodlikka chiqaradilar, ularni tashqi dushmandan muhofaza qiladilar‖
1
,
deb davlat boshqaruvida demokratik tamoyillarni ta‘minlash bilan bog‗liq
axloqiy va madaniy qadriyatlarni tizimlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: