DAVLAT BOShQARUVI USULLARI – davlat tomonidan boshqaruv sohasidagi
vazifalar qanday hal qilinishi tushuniladi. Davlat o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga
erishish yo‘lida hamda vazifa va funksiyalarni bajarish uchun turli xil usullardan
foydalanadi. Ishontirish va majburlash keng tarqalgan ma’muriy usullardir.
DAVLAT BOShLIG‘I – (inglizcha “head of the state”) -oliy davlat lavozimi
bo‘lib, u ijro hokimiyati soxibi va tashqi munosabatlar sohasida davlatning oliy
vakili hisoblanadigan shaxs. Monarxiyalarda ––Buyuk Britaniya, Daniya,
Shvetsiya,Ispaniya, Yaponiyada – d.b. monarx (korol, imperator, emir)
bo‘lib,uning hokimiyati qoidaga ko‘ra, hukmron shajara vakilidan keyingisiga
qonunga binoan meros tariqasida o‘tkaziladi. Respublikalarda (Italiya, Fransiya,
GFR, AQSh, Lotin Amerikasi davlatlari va b.) d.b. prezident bo‘lib, u yoki
bevosita aholi tomonidan saylanadi (Meksika, panama, Kolumbiya), yoki bilvosita
(AQSh, Argentina), yoxud ko‘p bosqichli saylovlar(Italiya, GFR, Hindiston)
natijasida saylanadi. Ko‘pchilik davlatlarda individual davlat rahbari mavjud,
prezidentlik respublikalarida davlat rahbari ayni paytda hukumat rahbari ham
hisoblanadi.(AQSh, Meksika, Argentina, Afrikaning ayrim davlatlarida).
Dostları ilə paylaş: |