o‘zgarishiga, hamda Orol dengizi qurishi dinamikasida keskin o‘zgarishlarga
bog‘liq. Bunda cho‘l tumanlarida sirtga tushuvchi chang massasi yiliga 9 tonnaga,
bo‘ronlari yuz berishi mumkin. Tuproqning turli oqimi shamol ta’sirida fotoelement
batareya sirtiga o‘tiradi, unda yupqa qatlam xosil qilib, uning qalinligi vaqt o‘tishi
(masalan, Qarshi xududida, Amudaryo quyilishida) 50 ga yetishi, Mo‘ynoqda 64 ga
yetadi [15]. Chiqish quvvatining pasaytirishning asosiy sabablaridan biri
fotoelement batareya sirtining ifloslanishi (sement, chang, bor va h.k) bo‘lib, uning
20
darajasi tashqi muxitga bog‘liq. Ushbu muammoni bartaraf etish fotoelement
batareya sirtini har hafta artish bilan amalga oshiriladi.
Qarshi shaxrida xususiy uyda o‘rnatilgan (20 noyabr 2011 yil) 140 W quvvatli
fotoelement batareya elektrofizik parametrlari tekshirildi va analiz qilindi. Olingan
ma’lumotlar analizi kunning ikkinchi yarmida 12.05.2013 yil. (o‘tgan 18 oy
davomida) fotoelement batareya quvvati kamayib, 80,3 W bo‘lgani aniqlangan
(bungacha 4 oy muqaddam faoliyat ko‘rsatayotgan fotoelement batareya
monitoringi natijalarining analizi qilingan edi). Quvvatning kamayishi 88 % ni
tashkil etdi. Sirtga ishlov berilib va shisha tozalangach quvvat 128,6 W ga oshishi
kuzatildi. (AM 1 sharoitida qayta xisoblashda 139 W). Ximoya shishasi tuzilishida
o‘zgarish kuzatilmadi (1.7 – rasm).
Eksperiment natijalari bo‘yicha fotoelement batareyaning ifloslanishi asosan
yil fasllariga va fotoelement batareyaning mamlakatimizning qaysi xududida
joylashganiga bog‘liq deb xulosa qilishimiz mumkin. Shuning uchun ulkan
fotoelektrik stansiyalarni loyixalashtirishda (quvvati 1 MW dan yuqori) fotoelement
batareya sirtining ifloslanishini xisobga olish zarur.
Dostları ilə paylaş: