I bob bo‘yicha xulosa
1. O‘zbekistonda so‘ngi yillarda Quyosh energiyasidan foydalanishni
rivojlantirish bo‘yicha qarorlar ishlab chiqildi va inson extioyojlariga xizmat qilishni
boshladi. Xususan,Toshkent shahrining Parkent tumanida issiqlik quvvati 1000 kV
li katta quyosh sandoni ishga tushirildi. “Angren” zonasida “Shindong Enerkom”
kompaniyasi texnik kremniy ishlab chiqaruvchi ikkinchi zavod qurilishi nihoyasiga
etkazildi va Pop tumanida ishga tushirilgan ilk quyosh elektr stansiyasi sinovdan
o‘tkazilmoqda.
2. O‘zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish uchun qulay iqlim
sharoiti mavjud. Xususan, o‘rtacha xisobda quyoshli kunlar 300 kunni tashkil qiladi,
2980 – 3130 soat temperaturaning o‘rtacha mikdori
42
o
C
ni, kunning uzunligi 14
– 16 soatni tashkil qiladi. Shularni xisobga olgan xolda xulosa qilib shuni aytish
mumkinki quyosh energiyasi O‘zbekiston kelajagida muqobil energiyalarning
asosiy qismini tashkil qiladi.
3. O‘zbekiston gidromet markazi ma’lumotlariga asosan yiliga o‘rtacha
xisobda cho‘l xududlarida 9 tonna, ekin ekiladigan tumanlarda
0,1 − 1,2 �����/���
chang tushadi. Shuning uchun ulkan fotoelektrik stansiyalarni loyixalashtirishda
(quvvati 1 MW dan yuqori) fotoelement batareya sirtining ifloslanishini xisobga
olish zarur.
|