XULOSA
1. Sferik ko‘zgular yordamida elektr energiyasi olish loyixasi ishlab chiqildi. Bu
orqali bitta 1 m
2
li sferik ko‘zgu yordamida olinadigan 1 kunlik elektr
energiya 9,9 ∙ 10
8
J ga teng bo‘ladi va bu bir xonadonni o‘rtacha ikki kunlik
elektr energiya bilan taminlaydi. Bu turdagi energiya ishlab chiqaruvchi
qurilmalar uzoq qishloq xududlarini elektr energiyasi bilan taminlashda
muxim xisoblanadi.
2. Fotoelement batareyada teksturlangan shisha qoplama qo‘llash uning
samaradorligini 6 – 8 % gacha oshirishi mumkin. Qaytarishga qarshi
qoplamaning (антиотражающее покрытие) sindirish ko‘rsatkichi shishaning
sindirish ko‘rsatkichiga kuchsiz bog‘liq. Bunga asosan, shisha sirtiga
qaytarishga qarshi qoplamani qo‘llash murakkab texnologik jarayonni talab
qilmaydi.
3. FEB ning ishlashiga majburiy havo orqali sovutish ta’siri o‘rganildi. FEB
ning orqa devorida ventilyatorlarning joylashuvi FEB da bo‘ylama
joylashishiga qaraganda samaraliroq ekanligi aniqlandi.
4. FEB quvvatining havo oqimi tezligiga chiziqli bog‘liqligi aniqlandi. FEBning
quvvati 38,0 % ga oshishi aniqlandi.
|