Xalq ijodiyoti



Yüklə 374,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/25
tarix02.01.2022
ölçüsü374,17 Kb.
#42807
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
ommaviy bayramlar madaniy tadbirlar shakllari sifatida

 

 

 


60 

 

X U L O S A 

“Bayram xalqning shodlik va xursandlik kuni”, -degan edi XI asr Sharqning 

buyuk olimi Mahmud Qoshg‘ariy. Darhaqiqat, bayramlar yordamida hayotdagi 

xursandchilik, shodiyona, tantanavorlik holatini vujudga keltirgan yirik voqealar, 

muhim sanalar, ulkan yutuqlar nishonlanadi. Bayram insoniyatning о‘zi bosib 

о‘tgan yо‘llarni chuqur anglashi, qо‘lga kiritilgan g‘alabalardan mag‘rurlanishi, 

ertangi kunga yaxshi umid bilan qarashiga yordam beradi”

22

.   


Bayramlar asosan muvaffaqiyatlar, g‘alaba natijalarini e’tirof etish, 

nishonlashdir, desak ham mubolag‘a bо‘lmaydi. Mustaqillik yillarida bayramlarni 

о‘tkazishga talab kuchaydi. Chunki bu tadbirlarning zamirida insonlar manfaati, 

ularning dam olish imkoniyatlari yotibdi. Tarbiyaviy jarayonlar ahamiyati esa 

bunda yuz barobarga kо‘payadi.  Shu bois ham hayotimizning barcha sohalari 

qatori milliy ma’naviyatimiz, san’atimiz ham tom ma’noda yangilanish va 

yuksalish jarayonlarini boshdan kechirmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov 

tomonidan olib borilayotgan davlat siyosatida ma’naviyat masalasiga eng muhim 

va ustuvor yо‘nalish sifatida katta ahamiyat berib kelinayotgani bu borada hal 

qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.  

Jumladan, “…keyingi yillarda milliy kinodramaturg va rejissyorlar 

tayyorlash dolzarb masala bо‘lib turibdi. Chunki, buni ochiq tan olishimiz kerak - 

professional kino mutaxassislari, xususan, rejissyorlar, ssenaristlar tayyorlaydigan 

tom ma’nodagi milliy maktab о‘zimizda hanuzgacha shakllangani yо‘q. 

Bu ahvolni tubdan о‘zgartirish uchun yuksak badiiy mahorat bilan bir 

qatorda, milliy tafakkur salohiyatiga ega bо‘lgan iste’dodli yoshlarni tarbiyalash va 

ularni qо‘llab-quvvatlash masalasiga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. 

Albatta, bu yо‘lda dastlabki qadamlar qо‘yilayotganini aytish lozim. 

Masalan, Mustaqillik va Navrо‘z bayramlari, «Sharq taronalari» musiqa festivaliga 

bag‘ishlangan asosiy tomosha va tantanalarni tayyorlash bо‘yicha teatr va 

televideniye rejissyorligi, badiiy-publitsistik ssenaristlik borasida ulkan tajriba 

                     

22

Qoraboyev U. О‘zbekiston bayramlari.-О‘qituvchi.1991.3b. 




61 

 

tо‘plandi. Ana shu boy tajribalarni har tomonlama chuqur о‘rganish, 



umumlashtirish va shu asosda yosh ijodkorlarni tarbiyalash bо‘yicha zarur nazariy 

va  о‘quv-uslubiy bazani shakllantirish, bugungi talablarga javob beradigan 

mutaxassislarni tayyorlash yuzasidan amaliy ishlarni keng yо‘lga qо‘yish bu 

muammolarni yechish imkonini berishi shubhasiz”

23

, - deb ta’kid etganligi fikrimiz 



isbotidir.  

Bayramlar xalqning ijtimoiy-madaniy hayotida, xalqning  bо‘sh vaqtini 

mazmunli tashkil qilishda muhim rol о‘ynaydi. Ular shaxsning har tomonlama 

rivojlanishi va ijtimoiy-madaniy faolligini oshirish  jarayonini о‘ziga xos 

vazifalarini bajarishga, ya’ni havaskorlik ijodiga jalb qilish va mazmunli dam 

olish, hordiq chiqarishni uyushtirishga yordam beradi. Bunday 

 tadbirlar  

faqatgina kishilarning hordiq chiqarishinigina emas, balki bilimini, dunyoqarashini 

о‘stirishga, ijodkorligini oshirishga qaratilgan bо‘lib,  о‘z navbatida, jamiyatdagi 

asosiy ish faoliyati bilan yaxshiroq shug‘ullanishga samarali yordam beradi.  

Bayram tomoshalari insoniyat yaratgan eng yaxshi progressiv xalq 

an’analarini saqlaydi, rivojlantiradi, targ‘ib qiladi. U ommani faqat madaniyat 

namunalaridan bahramand bо‘lishga sharoit yaratibgina qolmay, uning madaniy 

qiyofasi, xulq-atvori, odobi va axloqining shakllanishiga turtki bо‘ladi.  

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2013yil 25iyundagi “2013-

2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish 

chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 178-son qarorida ham mazkur sohani rivojlantirishga 

katta ahamiyat bergan. Jumladan, 2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va  

aholi dam olish markazlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika bazasini 

rivojlantirish bо‘yicha tadbirlar kompleksida “ Madaniyat va aholi dam olish 

markazlariga  ularning moddiy- texnika bazasini mustahkamlash,  madaniy-

ommaviy tadbirlarni sifatli о‘tkazish, shu jumladan transport xizmati kо‘rsatish 

uchun ularga  zarur shart-sharoitlarni tashkil etish masalalarida kо‘maklashish”,  

deb kо‘rsatilgan. Bu esa madaniyat va aholi dam olish markazlari xodimlari, 

                     

23

 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat. 2008. 146-147b. 




62 

 

tadbirlar tashkilotchilariga yanada kо‘p ma’suliyat yuklaydi. 



“Ommaviy bayramlar madaniy tadbirlar shakllaridan biri” nomli tadqiqotimizga 

xulosa qilar ekanmiz, madaniy tadbirlar, bayram va tomoshalarni tayyorlovchi 

mutaxassisliklar hozirgi kunda mazkur institutning ta’lim yо‘nalishlarida 

о‘qitilmoqda.  Ammo, madaniy tadbirlar, bayramlarni muvaffaqiyatli tashkil 

etishning asosi bо‘lmish mukammal, badiiy jihatdan tо‘laqonli ssenariylar yaratish 

masalasida ancha oqsoqlanayotganimiz sir emas. Oliy va о‘rta maxsus о‘quv 

yurtlarida mazkur sohani rivojlantirish, bu soha bо‘yicha  о‘tiladigan fanlarni 

chuqur  о‘zlashtirishlari, ijodiy va tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirish 

tadqiqotda kо‘tarilgan muammolarning asosiy yechimi ekanligini yana bir bora 

takror etmoqchiman.  

Zamonaviy ommaviy bayram va tomoshalar tahlilida shuni kо‘rdikki, 

ommaviy bayram va tomoshalar dramaturgiyasida bayramning kompozitsion 

tuzilishi kо‘p yillardan beri bir xil uslubda hal etilmokda. Eng achinarlisi 

teatrlashtirilgan ommaviy tomoshalarda barcha tomoshani qо‘shiq va raqs 

egallashi ham, ssenariyning badiiy-g‘oyaviy jihatdan bо‘sh yozilganligining 

dalolatidir. 

 

Bayramlar insonlarni gо‘zalikka chorlovchi, birlashtiruvchi vositadir. 



Bayram shunday bir ijtimoiylikki har qanday davrda ham uning bosh maqsadi 

inson tarbiyasidir. 

Mazkur ilmiy ishda madaniy tadbirlarning shakllaridan biri bо‘lgan 

ommaviy bayramlar, uning insonlar tarbiyasidagi ahamiyati, uni tashkil etish, 

boshqarish va dramaturgiyasi muammolari  va uning yechimi xususida sо‘z bordi. 

Lekin, mazkur sohani yanada chuqurroq о‘rganish,  о‘zbek bayramlarining 

ma’naviy asosi, tarbiyaviy ahamiyati borasida hali kо‘pgina ilmiy ishlar amalga 

oshirilishi joiz deb о‘ylayman. Chunki bayram va tomosha bitmas-tugunmas 

xazinadir. Bu sohada tinimsiz ish olib borish esa biz yoshlar, soha 

mutaxassislarining zimmasidadir.                        




Yüklə 374,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin