O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Ijtimoiy psixologiyada xujjatlarni o„rganish metodining mohiyati



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/95
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#43036
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   95
izhtimoij psixologiya

Ijtimoiy psixologiyada xujjatlarni o„rganish metodining mohiyati 

Hujjatlarni  o„rganish  metodi sotsiologiya fanidan kirib kelgan. Bu metodning 

qator  afzalliklari  bor.  Ulardan  muhimlari  shundan  iboratki,  u  faoliyatning  mahsulini 

tekshirishga  imkon  beradi  hamda  to‗plangan  ma‘lumotlarning  ishonchliligi,  matematik 

qayta ishlash imkoniyatining borligi bilan ajralib turadi. 

 



Ijtimoiy hodisalarni kontent-analiz usuli orqali tekshirish 

Materiallarni  ma‘naviy  jihatdan  ham  sifat,  ham  miqdoriy  analiz  qilinish  usuli 

ijtimoiy  psixologiyada  kontent-analiz  deb  ataladi.  Kontent-analizning  ilmiy  mohiyati 

shuki,  uning  yordamida  biror  matnda  ma‘lum  fikr,  g‗oya  yoki  tushunchalarning  necha 

marta qaytarilishi qayd etiladi, ya‘ni ma‘lum mazmun miqdor ko‗rinishiga keltiriladi. Bu 

metodning  asoschilari  amerikalik  sotsiologlar  X.  Lassuell  va  B.  Berelsonlar  bo‗lib,  ular 

bu usulni birinchi marta ikkinchi jahon urushi yillarida bir siyosiy gazetaning mazmuni, 

uning  g‗oyaviy  yo‗nalishini  aniqlash  maqsadida  qo‗llagan  edilar.  Ular  «Haqiqiy 

amerikalik» nomli gazetaning kundalik chiqishlarini kontent-analiz qilib, ularni fashistik 

yo‗nalishidagi gazeta ekanligini isbot qilishgan va uning chiqishini ta‘qiqlashga erishgan 

edilar. 

Kontent-analizni  qo‗llashda  tadqiqotchi  oldida  turgan  asosiy  muammo  bu 

tekshiruv  birliklari  —  kategoriyalarni  aniqlashdir.  Chunki  bunday  birliklar  tadqiqotning 

maqsadi  va  tadqiqotchining  e‘tiqodi  va  dunyoqarashiga  ko‗ra  har  xil  bo‗lishi  mumkin. 

Masalan,  kontent-analizning asoschilari Lassuell va Berelsonlar bunday birlik — ramziy 

birlik  yoki  simvollar  bo‗lishi  mumkin,  deb  hisoblashgan  bo‗lsalar,  boshqa  amerikalik 

tadqiqotchi L. Lovental bunday birlik yaxlit mavzu bo‗lishi kerak deb hisoblaydi. Aslida, 

bunday  birliklar kontent-analizda ilmiy taxmin va tadqiqotchining metodologik asoslari 

bilan  belgilanishi  kerak.  Shuning  uchun  ham  ko‗pgina  tadqiqotchilarni  umumlashtirib, 

analiz uchun birliklar quyidagilar bo‗lishi mumkin deb hisoblaymiz: 

a) alohida iboralar yoki so‗zlarda bildirilgan tushunchalar (masalan, demokratiya, 

faollik tashabbus, hamkorlik va hokazo); 

b)  yaxlit  abzaslar,  matnlar,  maqolalar  va  shunga  o‗xshashlarda  ko‗tarilgan 

mavzular  (masalan,  millatlararo  munosabatlar  mavzusi,  insonlardagi  milliy  qadriyatlar 

mavzusi va hokazo); 

v) tarixiy allomalar, siyosatshunoslar, taniqli shaxslarning nomlari; 

g) ijtimoiy hodisa, rasmiy hujjat, biror aniq fakt, asar (masalan, oilaviy mojarolar, 

O‗zbekiston  Konstitutsiyasi  muhokamasi,  yangi  yozilgan  asarga  o‗quvchilarning 

munosabati va shunga o‗xshash). 

Yaxshi  o‗tkazilgan  kontent-analiz  aslida  ijtimoiy  psixologik  tadqiqotlarda  juda 

katta ahamiyatga ega. Kontent-analiz tadqiqotchidan kattagina uquvni talab qiladi, chunki 

bir tomondan, u yoki bu matnni tushunish  mahorati bo‗lishi kerak, ikkinchi tomondan, 

tadqiqot  so‗ngida  qo‗lga  kiritilgan  miqdoriy  birliklarni  yana  qayta  sifat  formasiga 

keltirish lozim, ya‘ni tushuntirib berish kerak. 




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin