O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/95
tarix02.01.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#43036
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   95
izhtimoij psixologiya

So„rov metodi 

So„roq  metodlari.  So‗roq  metodlari  ijtimoiy  psixologik  tadqiqotlarda  keng 

qo‗llaniladi,  ayniqsa,  anketa  so‗rovi  va  intervyu  metodlari.  Yozma  so„roq  yoki 



anketaning  afzalligi  shundaki,  uning  yordamida  bir  vaqtning  o‗zida  ko‗pgina  odamlar 

fikrini o‗rganish  mumkin bo‗ladi. Unga  kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan  javoblar 

(yopiq  anketa),  yoki  erkin  o‗z  fikrini  bayon  etish  imkoniyatini  beruvchi  (ochiq  anketa) 

so‗rovnomalar  aniq  va  ravon  tilda  javob  beruvchilar  tushunish  darajasiga  monand 

tuzilgan bo‗lsa, shubhasiz, qimmatli birlamchi materiallar to‗planadi. 

So‗roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo‗lib, birinchisida 

oldindan  nimalar  so‗ralishi  qat‘iy  belgilab  olinmaydi,  ikkinchi  shaklida  esa,  xattoki, 

komp‘yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so‗roq 

o‗tkazilishi nazarda tutiladi. 

Bu  metodlarni  qo‗llashni  qator  metodologik  qiyinchiliklari  mavjud,  chunki,  bu 

yerda  doim  shaxslararo  o‗zaro  munosabatlar,  o‗zaro  ta‘sir  shakllari  mavjud  bo‗lib, 



tadqiqotchining  sub‘ektiv  munosabatlarini  ham  inkor  qilib  bo‗lmaydi.  Tadqiqot 

mobaynida  shaxslararo  idrok  va  sub‘ektiv  bir-birini  tushunishga  qaratilgan  barcha 

qonuniyatlar  ishlaydi.  Shunga  qaramay,  juda  ko‗p    ijtimoiy  psixologik  ma‘lumotlarni 

to‗plashda so‗roq metodlari eng qulay usullar sifatida ishlatib kelinmokda. 

Shunday  qilib,  so‗roq  metodlari  tadqiqotchi  bilan  tekshiriluvchining  bevosita 

(suhbat, intervyu) yoki bilvosita (anketa) muloqoti tufayli birlamchi ma‘lumotlar to‗plash 

usulidir.  Odamlar  tilidan  yozma  yoki  og‗zaki  tarzda  olingan  fikrlar  ma‘lumotlarning 

manbai  bo‗lib  xizmat  qiladi.  Eng  yaxshi  suhbat  yoki  intervyu  bu  bevosita,  erkin  fikr 

almashinuvi  sharoitida  o‗zaro  fikr  almashinuviga  qaratilgan  muloqotdir.  Chunki 

suhbatdan  farqli,  intervyu  aniq  muammo  doirasida,  qatiy  bir  yo‗nalishda  olib  boriladi. 

Intervyu oluvchi suhbatdoshga nisbatan neytral mavqeda bo‗lib, uning fikrlashiga xalaqit 

bermasligi,  ayniqsa,  unga  taz‘yiq  o‗tkazmasligi  lozim.  Intervyu  jarayonining  samarali 

kechishi  uchun  suhbatdoshda  o‗ziga  nisbatan  ijobiy  munosabat  shakllantirib,  birinchi 

so‗zlarni aniq, ravon, ifodali bayon qilish  muhimdir. 

Intervyu o‗tkazishga odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko‗rishi kerak, chunki u 

odamdan  qator  muhim  sifatlarning  bo‗lishini  talab  qiladi.  Shuning  uchun  ham  ijtimoiy 

psixologiyada  "rolli  o‗yinlar"  metodi  yordamida  psixolog  yoki  sotsiologlar  maxsus 

tayyorgarlik kursidan o‗tadilar. 

 


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin