1. Sulton Husayn Boyqaro Amir Temurning qaysi o’g’lining vorisi hisoblanadi?
a) Jahongir b) Shohrux c) Umarshayx d) Mironshoh
2.Boburning otasi Umarshayxga akasi Sulton Ahmad davrida berilgan hududlarni aniqlang?
a) Sayram va Toshkent
b) Farg’ona va Xo’jand
c) Toshkent va O’ratepa
d) Kobul va Farg’ona
3.”Dashti Qipchoq” atamasi qayerlarga nisbatan ishlatilgan?
a) Amudaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning sharqiy yonbag’ridan Dunay daryosining quyi oqimigacha
bo’lgan hududlar
b) Sirdaryoning quyi oqimi va Tyanshanning sharqiy yonbag’ridan Dunay daryosining yuqori oqimigacha
bo’lgan hududlar
c) Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g’arbiy yonbag’ridan Dnepr daryosining quyi oqimigacha
bo’lgan hududlar
d) Sirdaryoning quyi oqimi va Tyanshanning g’arbiy yonbag’ridan Dnepr daryosining yuqori oqimigacha
bo’lgan hududlar
4. Shayboniyxon bobosining davlatini tiklash yo’lidagi xatti-harakatini dastlab nimadan boshlagan?
a) o’ziga ittifoqchilar yig’ishdan
b) o’z qo’shini bilan temuriylarga yollanma qo’shin lashkarboshisi sifatida xizmat qilishdan
c) Dashti Qipchoqda katta urushlar boshlash bilan
d) Temuriylarga qarshi kurashdan