4
Kirish.
Tarbiya biz uchun yo hayo-yomamot, yo najot, yo haloqat, yo saodat, yo
falokat masalasidir
(A.Avloniy)
Barkamol inson haqida, uning mehnati va turmushi, ma’naviy taraqqiyoti
haqida g‘amxo‘rlik jumxuriyatimizning asosiy maqsadidir. Inson o’ziga hos
xususiatlari uning mehnatga, ma’naviy, g‘oyaviy va madaniy boyliklarga
munosabatining asoslari oilada shakll anadi.Jamiyat mustahkam, ma’naviy va
ahloqiy jihatdan sog‘lom oila bo‘lishidan manfaatdordir. Shu sababli
jumxuriyatimiz oilani mustahkamlashni, bolalar tarbiyasi, shuningdek, ijtimoiy
turmush sharoitlarini yaxshilashda yordam berishni davlat ahamiyatiga molik ish
deb biladi. Keyingi yillarda respublikamiz tomonidan qabul qilingan bir qator
qaror va yo‘l-yo‘riqlarda xalqimizning ijtimoiy-madaniy yuksalishini ta’minlovchi
fikrlar, tavsiyalar berildiki, bular respublikamizning asosi – oilalarning ijtimoiy-
iqtisodiy va ma’naviy kamolotida muhim rol o‘ynamoqda. Chunki oilalarning har
tomonlama yuksalishi, ta’bir joiz bo‘lsa, jamiyatning yuksalishi demakdir. Xuddi
shu ma’noda
1
yosh avlod tarbiyasi va uning taraqqiyoti muhim masaladir. Ikkinchi
tomondan, jamiyatning oila va oilaviy tarbiyaga bo‘lgan talabi ham kun sayin ortib
bormoqda. Zotan, ota–onalarning bolalar tarbiyasi yuzasidan ma’suliyatini
kuchaytirish, tarbiyalashga oid layoqatini oshirish, oilaviy va ijtimoiy tarbiya
birligini ta’minlash hozirgi kunning dolzarb masalasidir.
Mavzuning dolzarbligi.
Ma’lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib borgan sari odamlarning o‘zlari
ham, ularning bir-birlari bilan bo‘ladigan munosabatlari ham, ayniqsa shaxslararo
munosabatlar orasida eng samimiy, eng yaqin bo‘lgan oilaviy munosabatlar ham
takomillashib, o‘ziga xos tarzda murakkablashib boradi. Sababi: hozirgi zamon
fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari, vositalari taraqqiyoti,
qishloq xo‘jaligi, sanoat ishlab chiqarishi, umuman xalq xo‘jaligining barcha
1
Karimov. I. A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008 - 176 b.
5
jabhalarida yangi texnologiya, texnik jarayonlarning jadal joriy etilishi bevosita
shu jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi bo‘lgan inson omiliga, inson
shaxsiga ham o‘ziga xos, yangicha talablar qo‘ymoqda. Ishlab chiqarish
munosabatlari, jamiyat taraqqiyoti bir tomondan, odamlarning o‘zlarida ro‘y
berayotgan ijtimoiy-psixologik, fiziologik va boshqa o‘zgarishlar odamlarning
o‘zaro muloqot munosabatlari doirasini ma’lum darajada chegaralanib qolishiga,
ularda o‘tmishdoshlarimizda kuzatiladigan tabiiylikni ma’lum darajada buzilishiga
va oqibatda inson ruhiyatida mumkin qadar hissiy, emotsional zo‘riqishlarning
yuzaga kelishga asos bo‘lmokda. Bularning ta’siri oilaviy hayot va undagi
psixologik iqlimda xam o‘z ifodasini topadi. Oilaviy munosabatlar o‘zining ko‘p
qirraliligi bilan alohida xususiyat kasb etib, jamiyat taraqqiyotini belgilashda,
ma’nan barkamol, ruhan sog‘lom avlodni voyaga yetkazish jarayonida ularning
ijobiy yechimi katta ahamiyatga egadir. Agar har bir oilani tashkil etuvchilar o‘z
muammolarini bahamjihatlik bilan, o‘zaro kelishuv asosida hal qilsalar, oiladagi
tinchlik kafolatlanib, uning ma’naviy asoslari mustahkam bo‘ladi. Alohida
ta’kidlash joizki, er-xotin, qaynona-qaynota, kelin-kuyov munosabatlarida, fikrlar
va qarashlardagi paydo bo‘ladigan ayrim kelishmovchiliklar, qarama-qarshiliklar,
ziddiyatlarni uni tashkil etuvchi shaxslar o‘zaro kelishib, muammoni konstruktiv
tarzda yechishga qodir bo‘lsalar, oiladagi ijtimoiy-psixologik hamda ma’naviy
muhit yosh avlod ongida insoniy munosabatlar to‘g‘risida teran va ijobiy
tasavvurlar shakllanishiga imkon beradi. Shu bois ham mamlakatimizda oila va
uning tarbiyaviy imkoniyatlari qadriyat sifatida yuksaklarga ko‘tariladi.
Mamlakatimiz birinchi prezidenti I.A. Karimov, oilada hukmron bo‘lishi
lozim bo‘lgan ma’naviy muhit va noyob udumlarimizning xosiyatlari haqida fikr
bildirib: “Bunda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari
o‘z burchlarini ado etmasa, bir-birlariga nisbatan ezgulik bilan mehr oqibat
ko‘rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas... O‘zbeklarning
aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oilasining qarindosh-
urug‘lari va yaqin odamlarning, qo‘shnilarining omon-esonligi to‘g‘risida
6
g‘amho‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy
qadriyat, inson qalbining gavharidir”.
2
deb ta’kidlaganlar.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, oilaviy munosabatlar har doim ham bir
tekisda silliq, risoladagidey kechavermaydi. Uy-ro‘zg‘or yumushlarini ado etish,
er-xotinlik
burchlari,
ota-onaning
farzandlar
oldidagi
majburiyatlari,
farzandlarning kattalar oldidagi huquq va burchlarini ado etish jarayonida
murakkab rollararo muomala va muloqot jarayonlari kechadiki, ularning deyarli
barchasida shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar to‘qnashadi, ayrim xolatlarda fikr va
qarashlardagi
ziddiyatlar,
qarama-qarshiliklar,
kelishmovchiliklar,
anglashilmovchiliklar shaxslararo nizolar tarzida namoyon bo‘ladi. Bu xolatlar
al,atta farzandlar tarbiyasiga ta;sir etmay qoymaydi. Bu esa tarbiya jarayonida
ijtimoiy normalarni amal qilishi yoki buzilishida nomoyon bo’ladi. Ayni shu
maslalar mavzuimizning dolzarbligini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: