Mavzuning o’rganilganlik darajasi;
Tarbiya avvalo oilada, keyinchalik ta’lim- tarbiya muassasalarida ta’lim
bilan birgalikda uzluksiz ravishda berib beriladi. Shaxsning qaror topishining
eng muhim vazifasi o’quvchida ahloq talablariga javob beradigan e’tiqod va
ideallar tarkib toptirishdir. Bola shaxsning shakllanishdagi bundan keyingi
jarayon shundan iboratki, unda yuzaga kelgan ahloqiy e’tiqod va ideallar sistemasi
ya’ni uning ma’naviy ong xukmronlik qiluvchi omildan uning ijtimoiy faolligini
belgilab beruvchi omilga aylanadi.
Biz o’rganayotgan mavzu bo’yicha turli soha vakillari o’z yo’nalishlari
asosida izlanishlar olib borganlar. Ijtimoiy-tarixiy va ilmiy manbalarning guvohlik
berishicha, o‘zbek oilasining hayoti, undagi o‘zaro munosabatlar, uning urf-
odatlari, an’analari va qadriyatlari, turmush tarzi, madaniyati, tarbiyaviy muhiti va
mehnat shart-sharoitlari jiddiy ilmiy muammolar sifatida XX asrning 60-70
yillaridan e’tiboran o‘rganila boshlangan. Respublikamiz pedagog olimlarining
mazkur sohada amalga oshirgan tadqiqotlari e’tiborga loyiqdir. A. Q. Munavvarov,
M. I. Sanginov, O.Musurmonova, H.Uzoqov, O.To‘raeva va boshqalar o‘z
2
Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – T.: O‘zbekiston
, 1992. – 72
7
tadqiqotlarida o‘zbek oilasining o‘ziga xosligi, tarbiyaviy imkoniyatlari va shart-
sharoitlari, o‘zaro munosabatlar shakllanishining ma’naviy asoslarini keng
o‘rganganlar. Bu sohada psixolog olimlardan G‘.B.Shoumarov, Ye.A.Morshinina,
E.G‘oziev, V.M.Karimova, M.G.Davletshin, N.A.Sog‘inov, S.A.Oxunjonova,
A.Shojalilov va boshqlar ham o’z atdqiqotlarida oilada farzand tarbiyasi
masalalriga alohida e’tibor bergalar.
Dostları ilə paylaş: |