Ta’lim tor mahnoda o’qitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli o’quv
yurtlarida o’qitish jarayoni emas, balki oila, ishlab chiqarish va shu kabi sohalarda
Ta’lim ilm berish va tarbiyalashni o’ziga qamrab olib, respublikaning aql
zakovat va ilm borasidagi kuch-quvvatini rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat
oldidagi o’z mashuliyatini anglaydigan har jihatdan barkamol erkin shaxsni
Ta’lim faoliyati o’z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: a) mahlum bir tajriba
va amaliy faoliyat turini muvaffaqqiyat bilan tashkil qilish uchun olamning zarur
xususiyatlari haqidagi axborotlarni o’zlashtirish (bu jarayonning mahsuloti
bilimlardir); b) mana shu faoliyat turlarini yuzaga keltiradigan usul va vositalarni
o’zlashtirish (bu jarayonlarning mahsuloti malakalardan iborat bo’ladi); v)
ko’zlangan maqsad va berilgan masala shartiga mos ravishda to’g’ri yo’l va usul
tanlash hamda nazorat qilish uchun ko’rsatilgan axborotlardan foydalanish
maqsad bilan boshqariladigan barcha harakatlari ta’lim bilan bog’liq bo’ladi.
Ta’limning mohiyati, maqsadi va mazmuni jamiyatning madaniy taraqqiyoti, fan-
texnikasining rivojlanganligi, ishlab chiqarish texnologiyalarining amalga joriy etish
darajasi kabilar bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy mahlumotga bo’lgan
talab va ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, ta’lim haqidagi g’oyalarga qarab
kishilik jamiyatining turli davr (bosqich)larida ta’limning mohiyati, maqsadi, mazmuni
tashkil etish shakllari, amalga oshirish metodlari va vositalari o’zgarib, takomillashib
boradi. Ta’lim mohiyatiga ko’ra bu jarayonda ishtirok etuvchilarning o’zaro
hamkorlikdagi faoliyatlarining natijasidir. Ta’lim jarayonida shaxsning dunyoqarashi,
qobiliyati, fazilat (xislat)lari o’zgaradi. Ta’lim jarayonida kishilik jamiyatining
ijtimoiy-tarixiy tajribalari tahsil oluvchilar tomonidan o’zlashtiriladi va shu yo’l bilan
u avlodlar orasidagi mahnaviy-madaniy, ijtimoiy, ijtimoiy vorislikni taminlaydi.
Ta’limning metodologik asosini dealektik bilish nazariyasi tashkil etadi. KASBIY
PEDAGOGIKA – umumiy pedagogikaning bir sohasi bo’lib, u tarbiya, ta’lim, o’qitish
haqida qator nazariy va amaliy mahlumotlar beradi. Kasbiy pedagogika sanoat, ishlab
chiqarish va mehnat pedagogikasining masalalari bilan shug’ullanadi. Kasb-hunar
ta’limi pedagogikasi bir necha bo’limlariga bo’linib, bu bo’limlarda kasbiy
pedagogikaning asoslari va muhim malasalalarini, yahni kasb-hunar ta’limi
yo’nalishlari, mehnat pedagogikasi, kasb-hunar didaktikasi kabi masalalarni qamrab
oladi. SHuningdek ularda kasb-hunar tarbiyasining ijtimoiy psixologik shart-
sharoitlari, kasb-hunar ta’limi nazariyasi va kasb-hunar ta’limi huquqi o’rganiladi.
KASB TA’LIM TEXNOLOGIYaSI - butun o’qitish va o’qish jarayonini ishlab
chiqish, amalga oshirish va baholashning tizimi usuli bo’lib, u maqsadga erishishga
yo’naltirilgan holda insonlarning o’rganish qobiliyati va ular o’rtasida muloqot
to’g’risidagi tadqiqotlar natijasiga hamda ta’lim jarayonini yanada samarali
tashkillashtirishning jonli, jonsiz vositalari bilan shug’ullanishga asoslanadi.
DIDAKTIKA – grekcha didaskien so’zidan olingan bo’lib, o’qitaman, o’qishni
o’tgataman mahnolarini anglatadi. Shunga ko’ra didaktika – bu o’qitish nazariyasidir.
Didaktika ukitish jarayonining shakllari, metodlari,tamoyillari, mazmuni, vazifasi va
maksadlarini ishlab chikadi.