Haqiqiy neytral ( chin neytral) zarralar deb, xossalari antizarralarining xossalari bilan
aynan bir bo‘lgan
zarralarga aytiladi.
Endi ta’sirlashuv turlari bilan tanishaylik.
Kuchli yoki yadroviy ta’sirlashuv. Bu ta’sirlashuv atom yadrosidagi nuklonlarning (proton va
neytron) aloqasini
ta’minlaydi va yadroni bir butun mahsulot sifatida saqlab turadi. Aynan uning sharofati bilan
moddalarning barqarorligi
ta’minlanadi. Kuchli ta’sirlashuv atom yadrosining radiusiga teng ~10
-15
m masofada namoyon
bo‘la boshlaydi. U
nuklonlar o‘rtasida
- mezonlar almashinuvi bilan amalga oshiriladi.
Elektromagnit ta’sirlashuv. Bunday ta’sirlashuv barcha elektr zaryadiga ega zarralar orasida
mavjud. U kuchli
ta’sirdan 137 marta kuchsiz. Ta’sir radiusi cheklanmagan. Elektromagnit maydon energiyasini
tashuvchi zarra foton
vositasida amalga oshiriladi. U atomning mavjudligini ta’minlaydi. Eng batafsil o‘rganilgan
ta’sirlashuv hisoblanadi.
Kuchsiz ta’sirlashuv. Asosan elementar zarralarning parchalanishida namoyon bo‘ladi.
-
yemirilish,
-yemirilish
kuchsiz ta’sirlashuvga yaxshi misol bo‘ladi. U kuchli ta’sirdan 10
14
marta kuchsiz bo‘lib, oraliq
bozonlari (Z,W)
vositasida amalga oshiriladi.
Gravitatsion ta’sirlashuv. Bu barcha elementar zarralarga xos bo‘lgan xususiyat, ya’ni ular
bir-birlarini tortishadi.
U kuchli ta’sirdan 10
39
marta kuchsiz. Shuning uchun ham mikrodunyo jarayonlaridagi ta’siri
e’tiborga olinmaydi.
Gravitatsion maydon orqali, graviton deb ataluvchi ekzotik zarralar vositasida amalga oshiriladi.
«Buyuk birlashuv» nazariyasi. Yuqorida ta’kidlanganidek, har bir ta’sirlashuvning o‘z
qonunlari mavjud. Ammo
olimlarning fikricha, bu ta’sirlashuvlarning barchasi yagona qonunga bo‘ysunishi va sodda qilib
tushuntirilishi zarur.
Boshqacha aytganda, har to‘rtala ta’sirlashuvning ham shunday birlashuvi ro‘y berishi kerakki,
biz yuqorida ko‘rgan
ta’sirlashuvlar, bu yangi ta’sirlashuvning ma’lum sharoitlarda namoyon bo‘ladigan xususiy
holiga aylanmog‘i lozim.
Demak, yangi topilgan nazariya mavjud nazariyalarning umumlashmasi bo‘lishi nazarda
tutilmoqda. Bundan tashqari,
yangi nazariya mavjud nazariyalarning hozirgacha noma’lum bo‘lib kelgan ba’zi qirralarini
aniqlashga imkon beradi, deb
umid qilinmoqda. Hozircha elektromagnit va kuchsiz ta’sirlashuvlarnigina yagona elektr kuchisiz
ta’sirlashuvga
birlashtirishning iloji topildi, xolos. Kun tartibida kuchli, elektromagnit va kuchsiz ta’sirlarni
birlashtiruvchi «Buyuk
birlashuv» nazariyasi turibdi. Har to‘rttala ta’sirlashuvlarni ham o‘z ichiga oluvchi
«superbirlashuv» nazariyasi ham
o‘rganilmoqda.
Xuddi shuningdek, elementar zarralarni ham ma’lum qonuniyatlar asosida jadvalga
joylashtirish, ya’ni
klassifikatsiyalash fiziklarning azaliy orzusidir. Shu maqsadda ularni to‘rt guruhga bo‘lishga
kelishilgan.