YANA BIR VOQEA Shu safardin qaytishlarida, bir kuni Rasulullohning mingan tuyalari yo‘qoldi. Sahobalar
har tarafga tarqashib, ani izlagani turdilar. Hech joydin tuya daragi topilmagach, bu
ishdin munofiqlarga yana so‘z topildi. Alarning raislari Zayd ibn Salt degan kishi ansor
sahobalari ichida o‘lturgan edi. Musulmonlarga ta’na qilib:
— Bu kishi qandoq payg‘ambarmen, deydi, yo‘qolgan tuyasini qayga ketganini o‘zi
bilmaydur. Osmonlar ustidan vahiy keltirguvchi Jabroil bu haqda unga nimaga xabar
keltirmaydur? — dedi.
Bu so‘zni eshitgan sahobalar u munofiqni shu zamoni o‘ldirmoqchi bo‘ldilar. Alardin
qo‘rqib darhol Rasululloh panohiga qochdi. Bu kelib yetmasdin ilgari Rasululloh
aytdilarkim:
— Shu hozirda bu munofiq menim yo‘qolgan tuyam ustida so‘z qildi, tuyasi qayoqqa
ketganini bilmagan kishi qandoq qilib payg‘ambarmen, deydi. Nega vahiy kelib,
tuyasining joyini bildirmadi, dedi. G‘ayb ishni Allohdin boshqa hech kim bilmaydur. Ilgari
bilmagan edim, hozirda vahiy kelib, tuya xabarini menga bildirdi. Shu ko‘ringan tog‘