YIGIRMA BIRINCHI MO’JIZA Hadis olimlaridan Imom Bayhaqiy, Imom Tabaroniy, Dora Qutniy ibn Umardan rivoyat
qiladilar:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilib kelgandan so‘ngra bir kuni
sahobalar bilan majlis qurib o‘ltirmish edilar. Shu chog‘da Bani Salim qabilasidan bir
kishi o‘tib borayotib to‘planib o‘ltirgan sahobalarga ko‘zi tushdi. Alar ichida o‘ltirgan
Rasulullohni ko‘rib:
— Bu kishi kim bo‘lur? — deb so‘radi.
— Quraysh qabilasidan chiqqan Abdulmuttalib o‘g‘li Muhammad, butun dunyo xalqiga
Xudo tarafidan payg‘ambar bo‘lib kelmishdur, — dedilar.
— Andoq ersa uning so‘zini anglamoq kerak ekan,— deb Rasulullohning majlislariga
kelib o‘ltirdi.
Rasululloh ul majlisda Islomdan, arasot, qiyomatdan so‘zlar edilar. Bularni anglagach,
boyagi kishi o‘rnidan sakrab turib:
— Ey Muhammad, insonlar ichida sendek yolg‘onchini ko‘rganim yo‘q. Sening bu
so‘zlaringga qandoq ishongali bo‘lur? Ayniqsa, o‘lgandan keyin chirib tuproq bo‘lib
ketgan kishi qaytadan tirilur, degan so‘zing shaksiz yolg‘ondur. Meni shoshqaloq kishi
ekan deb arablar ayb qilishidan qo‘rqmasam erdi, shu hozirdayoq seni o‘ldirib butun
xalqni rozi qilur edim, — dedi.
Buni anglagach, Hazrati Umarning g‘azabi qo‘zg‘alib:
— Yo Rasulalloh, ruxsat qiling, buning boshini kesib tashlayin, — deb o‘rnidan tura keldi.
Anda Rasululloh:
— Ey Umar, bilurmisan bosiq kishining darajasi payg‘ambar darajasiga yaqindur, og‘ir
bo‘l, — dedilar.
So‘ngra ul a’robiy yeng ichidan bir jonivor chiqarib, o‘rtaga tashladi. Arablar uni zab deb
ayturlar. Forscha «susmor», turkcha «erbaliq», «qumbaliq», deyilur. Arabistonning