Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
342
Abu Hurayra rivoyat qilur:
«Sadaqa, zakotga kelgan bir qancha xurmo yig‘ilmish edi. Rasululloh
meni unga qorovul
qilib qo‘ydilar. Qarab o‘ltirsam, kechasi bir kishi kelib, xurmodan o‘g‘irlagani turdi. Uni
ushlab olib, Rasulullohga keltirmoqchi bo‘ldim.
— Muhtojligimdan bu ishni qildim,
endi ikkinchi qilmayman, — deb ko‘p yolvordi.
Rahmim kelib, qo‘yib yubordim. Ertalab Rasululloh qoshlariga keldim ersa, salomdin
so‘ngra:
—
Ey Abu Hurayra, bu kecha tutmish asiring qani, uni nima qilding? — dedilar.
Xudo haqqi, o‘zimdan boshqa bu ishni hech kim bilmagan edi.
— Otam-onam sizga fido bo‘lsin, yo Rasululloh, u ko‘p yolvordi,
ikkinchi qilmasga ahd
qilgach, rahmim kelib qo‘yvordim, — dedim.
Anda Rasululloh:
— Ul yolg‘on aytadur, bu kecha yana kelgusidur, — dedilar.
Muni anglab o‘ltirdim. Rasululloh aytqonlaridek u yana keldi. Uni tutib olib keldim, ko‘p
yalindi, ikkinchi qilmasga ahd berib qo‘limdan yana bo‘shandi.
Ertalab Rasululloh oldilariga keldim. Meni ko‘rgach:
— Ey Abu Hurayra, u yolg‘onchi
seni aldab, bu gal ham qutilib ketibdur. Qarab turgil, bu
kecha yana kelur, — dedilar.
Ani poylab o‘ltirib, yana ushlab oldim.
— Endi seni Rasululloh oldig‘a
olib borgayman, boshqa hech iloji yo‘qdur, — deb qattiq
turdim ersa, ul aytdi:
— Men bo‘shatur ersang, senga bir narsa o‘rgantaykim, undan ko‘p foyda ko‘rgaysan.
— Qani aytgil-chi, ko‘rayin, — dedim.
— Har kechasi yotar chog‘ingda «Oyatal kursi»ni bir yo‘la o‘qir bo‘lsang,
tong otguncha
bir farishta seni saqlar. Shaytonni senga yaqinlashtirmagay, — dedi.
Uni bo‘shatib yuborib, Rasululloh huzuriga keldim ersa, uni so‘radilar.
Aning aytgan so‘zini aytib edim:
— U yolg‘onchidur, lekin «Oyatal kursi» to‘g‘risida to‘g‘ri so‘zlamishdur,
u shayton erdi,
— dedilar».
Dostları ilə paylaş: