qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat
zanjirini yaratish yo‘nalishida shunday tartib
o‘rnatilsinki, unga ko‘ra bir tumanda uchtagacha
paxta-to‘qimachilik klasterlariga fermer xo‘jaliklari
bilan shartnoma asosida faoliyat yuritishiga va fermer
xo‘jaliklariga ushbu klasterlar bilan paxta
xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha ixtiyoriy
ravishda fyuchers shartnomalarini tuzish huquqi
beriladi.
•
yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishida:
•
a) yerning bozor qiymatini baholash hamda keyinchalik undan garov ta’minoti sifatida foydalanish amaliyoti
tizimli yo‘lga qo‘yiladi. Bunda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish
agentligi birinchi navbatda, bog‘, tok va issiqxona joylashadigan maydonlarning bozor qiymatini aniqlash va
garov ta’minoti sifatida foydalanish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
•
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021 yilda qayta foydalanishga kiritiladigan va
o‘zlashtiriladigan yer maydonlarining prognoz ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
•
v) Suv xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda mavjud suv infratuzilmasini yaxshilashni
nazarda tutuvchi 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlarni belgilasin. Bunda:
•
1 758 km kanal, 443 km lotok, 329 ta gidrotexnika inshootlari, 1 899 km kollektor-drenaj, 728 km yopiq
gorizontal va vertikal drenaj, 1 896 ta meliorativ kuzatuv quduqlari va boshqa ob’ektlarni qurish va
rekonstruksiya qilish;
•
5 026 km magistral kanal, 45 595 km melioratsiya tarmoqlarini ta’mirlash va tiklash, 518 ta nasos agregatlari
hamda 807 ta elektrodvigatellarni yangilash;
•
suv resurslaridan foydalanishni onlayn rejimda nazorat qilish, gidrologik postlarni raqamli texnologiyalar
asosida avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlash, sug‘orishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish
nazarda tutiladi;
•
Sabzavot yetishtirish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021 yilda:
•
sabzavotchilik klasterlari, fermer xo‘jaliklari va boshqa sabzavot yetishtiruvchilarga tijorat banklari tomonidan 9 oy muddatga yillik
foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasida (shundan, bank marjasi 2 foiz) yetishtiriladigan sabzavot qiymatining 40 foizigacha
miqdorda kredit ajratiladi;
•
tijorat banki tomonidan kreditlar bitimda belgilangan muddatda qaytarilmasa, kreditlarning qaytarilmagan qismiga foizlar Markaziy
bankning asosiy stavkasiga 6 foiz punkt qo‘shib hisoblanadi.
•
2022 yil hosilidan boshlab, asosiy maydonlarda sabzavot yetishtirish uchun ajratiladigan tijorat kreditlari bo‘yicha foiz stavkasining
Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan qismi uchun kompensatsiya to‘lash tizimi joriy etiladi.