6-shakl. Pedagogik texnologiyaning tarkibiy unsurlari Yuqoridagi fikrlarga muvofiq ta‘lim texnologiyasining tarkibiy tuzilmasi
quyidagicha namoyon bo‘ladi.
Bizga yaxshi ma‘lumki, tarbiya jarayoni uzoq muddatli, murakkab, uzluksiz
bo‘lib u o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Garchi zamonaviy ta‘lim texnologiyasi
o‘quvchining ta‘lim jarayonidagi yetakchilik rolini yoqlayotgan bo‘lsa-da, tarbiya
jarayonida tarbiyalanuvchi asosiy mavqeini egallay olmaydi. Chunki unda
xarakter, dunyoqarash yetarlicha shakllanmagan bo‘lib, u bu borada
tarbiyachining yordamiga ehtiyoj sezadi. Shu bois tarbiya texnologiyasi ham
mantiqiy, ham tarkibiy jihatdan ta‘lim texnologiyasidan farq qiladi.