Kurs ishining boshida kirish so‘zi yoziladi.Kirish so‘zida talaba ishining maqsadi,
vazifasi, mavzuning axamiyati va dolzarbligi to‘g‘risida ma’lumot beradi.Qo‘yilgan
10
masalaning holati, qiska tavsifi va joriy etilgan yangiliklar qisqa va aniq ifodalanishi
zarur.
6.2. Adabiyotlar sharxi.
Kurs ishi har qanday malakaviy ish kabi zamonaviy adabiyot bilan tanishmasdan
talab darajasida bajarilishi mumkin emas. Adabiyotlar O‘zbekiston Respublikasida va
chet el mamlakatlarida muntazam chop etiladi va Internet bilan bog‘lanish ayrim
texnologik
aspektlarni
o‘rganishda askotadi. Ishlab chiqarish to‘g‘risida
monografiyalar, maqolalar, patentlar to‘g‘risida to‘liq axborot referativ jurnallarda
chop etiladi. Katta axborot oqimida yul topish va aniq mavzular bo‘yicha ahamiyatli
ma’lumotlarni nazardan o‘tkazib yubormaslik uchun adabiyotlarni tanlashda va u
bilan ishlashda ma’lum tizimga rioya qilish lozim.
Mavzuni olgan talaba, uni yoritishda kerakli adabiyotlar, ilmiy jurnallar va
internet resurslaridan oqilona foydalanishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar soni
10 tadan kam bo‘lmasligi lozim. Mavzu bo‘yicha adabiyotda mavjud materiallarni
chuqur o‘rganib chiqib, me’yoriga keltirib, tartib bilan yozib chiqish va undan kelib
chiqqqan umumiy xulosa asosida talaba o‘zining oldida turgan eksperimental ishini
bajarish usullarini ishlab chiqadi.
Kurs ishlari bilan bog‘liq savollarni xar tomonlama va chuqur o‘rganish uchun
zarur va kerakli adabiyotlarni har bir talaba o‘zi uchun topishi kerak. Kurs ishlari
muallifini qiziktiruvchi savollar Internet va kataloglarni ko‘rib chiqib darslik va
monografiyani muvofiq boblaridan topib o‘rganishdan boshlash lozim. Ayrim
boblarda va kitob ohiridagi adabiyotlar ro‘yxati keyingi bosqichda kerakli
yo‘nalishda adabiyotlar topishda ko‘rsatma vazifasini bajarishi mumkin. Ko‘rib
chiqilgan adabiyotlarni qiska mazmuni kerakli yo‘nalishda tizimlashtiriladi.
Adabiyotni dastlab ko‘rib chiqib, olgan materiallarni umumiylashtirib, talaba nuqtai
nazaridan e’tiborga sazovor bo‘lgan malumot manbaiga qaytishi va chuqur tahlil
qilishi tavsiya etiladi.
ToshFarmi talabalari uchun adabiyotni asosiy fondi deb Internet saytlari,
Ziyonet , institut kutubxonasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublika A.Navoiy
nomidagi kutubxona, Respublika ilmiy texnika kutubxonalari, Turon Markaziy
Respublika va Fanlar Akademiyasi kutubxonalari turli soha kitob va jurnallarni
takdim etadi.
Dostları ilə paylaş: