23
3) Laboratoriya ishida tekshiriladigan kattaliklarning o‘zaro bog’liqlik
qonuniyatlari asoslanib mos tenglamalar tuziladi;
4) Tuzilgan tenglamalar va ulardagi o‘zgaruvchi kattaliklarning qiymat olish
usullarini modeli tuziladi;
5) Vizual dasturlash tilida virtual laboratoriya dasturi tuzilib maxsulot
darajasiga keltiriladi.
Bu amallarning birinchi bosqichida laboratoriya qurilmalarining ishlash
prinsiplari, ularning bir-biriga bog’lanishi, qo‘rilmalarning tashqi ko‘rinishi
modellari quriladi. Ikkinchi bosqichda virtual laboratoriya va foydalanuvchi talaba
o‘rtasida muloqot tarzi ishlab chiqiladi. Bunda bevosita va avtomatik muloqot
tarzlaridan foydalanish mumkin. Virtual laboratoriya interfeysi real laboratoriyaga
yaqin bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Agar muloqot interfeysidagi virtual asboblar
real asboblar kabi uch o‘lchamli qilib tasvirlansa yoki bevosita asbobning rangli
fotorasmi qo‘llanilsa virtual laboratoriya ishida bajarilayotgan ish real
laboratoriyaga bajarilayotgan ishga ancha mos keladi. Uchinchi bosqichda
laboratoriya ishining matnidan foydalanib undagi tekshirilayotgan kattaliklar,
o‘zgaruvchilar orasidagi bog’lanish, ularga qiymat berish usullari ishlab chiqiladi.
Kerakli konstantalar ham hisobga olinadi. Bular asosida dasturlash tilining
matematik operatorlari imkoniyatlaridan foydalanib kerakli formulalar tuziladi.
To‘rtinchi bosqichda olingan natijalarni saqlash, ularni qaysi usulda tahlil qilish,
laboatoriya ishining yakuniy natijasini aniqlik koeffisiyentini aniqlash usullari
ishlab chiqiladi. Natijalarni ifolash, ularni kerak bo‘lsa ma’lumotlar bazasiga
saqlash amallari ishlab chiqiladi. Beshinchi bosqichda laboratoriya ishi maxsulot
ko‘rinishiga keltiriladi. Bunda bir necha virtual laboratoriyalarni mavzu bo‘yicha
ajratib, ularni maxsus ma’lumotlar bazasi orqali mutloq dasturiy ilovaga
moslashtirish yoki har bir virtual laboratoriyani alohida muloqot interfeysiga ega
bo‘lgan dastur kabi tayyorlash usullaridan foydalanish mumkin. Birinchi holda
bitta dastur orqali bir necha mavzular bo‘yicha laboratoriya ishlarini bajarish
mumkin bo‘ladi. Buning uchun laboratoriyalar bazasini o‘zgartiriladi va boshqa
mavzular uchun laboratoriyalar dastur ish muhitiga yuklanadi. Ikkinchi holda har
24
bir virtual laboratoriya alohida fayl yoki fayllar majmuasiga tayyorlanib, ular
maxsus tartiblangan va nomlangan kataloglar (papkalar)ga saqlanadi va mavzuga
mos laboratoriya ishi shu dasturning yuklovchi fayl orqali ishga tushiriladi. Bu
holda natijalarni tahlil qilish har bir laboratoriya ishi uchun alohida ishlab
chiqiladi. Agar hamma laboratoriyalar uchun umumiy, natijalarni tahlil etuvchi,
saqlovchi ma’lumotlar bazasi tuzilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ikkinchi usul, ya’ni boshqa (skript) dasturlash imkoniyati bo‘lgan amaliy
dasturlar yordamida virtual laboratoriyalar yaratish uchun dasturda animatsiyaga
mos skript yozish imkoniyatini bilish lozim. Bizningcha, Macromedia Flash
(Macromedia Inc.), 3D Studio MAX (Discreet guruhi), AliasWaveFront MaYa
(AliasWaveFront Inc.) kabi o‘yin va animatsiyalar yaratish uchun ishlab chiqilgan
dasturlarda ham ikki o‘lchamli (Macromedia Flash) va uch o‘lchamli (3D Studio
MAX, AliasWaveFront Maya) fazolarda oddiy laboratoriyalarning modellarini
yaratish mumkin. Buning uchun, yuqorida sanab o‘tilgan amallar bajariladi. Bu
dasturlarda interfeysni dizayn jihatdan oliy darajaga ko‘tarish mumkin, lekin
laboratoriyaning murakkabligi jihatiga kelganda virtual laboratoriya yaratuvchi
biroz qiyincxiliklarga duch kelishi mumkin.
Uchinchi usul, ya’ni LabVIEW va shunga o‘xshash maxsus kompyuter va
laboratoriya qurilmalarini bog’lovchi dasturlar yordamida virtual laboratoriyalarini
ularning muhitlarida yaratish mumkin. Buning uchun, masalan, LabVIEW amaliy
dasturida maxsus bloklar sxemalari yordamida kattaliklarni o‘zaro biror tenglama
asosida bog’lash mumkin. Bu blok sxema ko‘rinishidagi algoritm tuzishga
o‘xshaydi. Blok sxemalardagi kattaliklarning natijalarini esa tasvirli ifoda etish
imkoniyati mavjud. Men “O‘zgarmas tok qonunlari” mavzusi bo‘yicha virtual
laboratoriya ishlarini yaratishda National Instruments firmasining LabVIEW grafik
dasturlash muhitidan foydalandim [4-8]. Bu muhitda dasturlash tamoyili jihatidan
nisbatan soddaroq bo‘lgan BASIC tiliga o‘xshab ketadi.
Dostları ilə paylaş: