5. Beginnings of Electronics. Dastur elektron konstruktor bo‘lib, u monitor
ekranida elektr sxemalarini yig‘ish jarayonini imitatsiya qilish imkoniyatini beradi.
Kompleksning asosiy xususiyatlaridan biri, unda real fizikaviy jarayonlarni
juda katta aniqlikda imitatsiya qilish mumkin. Dastur imkoniyatlari juda keng
bo‘lib, undan amaliy mashg‘ulotlarda ya’ni, masalalar echishda ham foydalanish
mumkin. Ayniqsa virtual laboratoriya ishlarini bajarishda bu dasturdan ijodiy
foydalanish mumkin [8 ,11].
10-rasm. “Beginnings of Electronics” dasturining interfeysi
Elektron konstruktor orqali:
-
o‘tkazgichning qarsxiligini uning solishtirma qarsxiligi, uzunligiga va
uning ko‘ndalang kesim yuzasiga bog‘liqligini tekshirish mumkin;
-
zanjirning butun va bir qismi uchun Om qonunini;
-
o‘tkazgichlarni, kondensatorlarni va g‘altaklarni ketma–ket va parallel
ulash qonunlarini;
-
elektr zanjirlarda elektr saqlagichlarning ishlash prinsiplarini o‘rganishda;
-
elektr isitgichlarda issiqlik ajralish qonunlarini o‘rganishda;
-
har xil elektr zanjirlarda kuchlanish va tok kuchining o‘zgarish
jarayonlarini maxsus o‘lchagichlar (multmetr va ikki kanalli ossillograflar)
orqali o‘lchash va o‘rganishda;
-
o‘zgaruvchan toklarning fazalarining siljishini o‘rganishda;
21
-
o‘zgaruvchan tok zanjirida aktiv, induktiv va sig‘im qarsxiliklarning
qiymatlarini aniqlashda va qarsxiliklarning siklik chastotaga bog‘liqligini
o‘rganishda;
- O‘zgaruvchan toklarda quvvatni aniqlashda va h.k. foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |