M u n d a r I j a



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/39
tarix02.01.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#45130
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
ozgarmas tok qonunlari mavzusi boyicha labview dasturida virtual laboratoriya ishini ishlab chiqish

2.  Crocodile  Technology.      Bu  dastur  o‘rta  maktab  o‘quvchi  va 

o‘qituvchilari,  litsey,  kollej  talabalari  uchun  fizika  fannini  «Elektr»  qismini 

chuqurroq o‘zlashtirishda hozirgi zamon axborot texnologiyalari  imkoniyatlaridan 

foydalanish  imkonnini  beradi.  Bundan  tashqari,  Crocodile  Technology  dasturidan 

elektrotexnika,  elektr  zanjirlari  nazariyasini  o‘rganish  kurslarida  ham  foydalanish 

mumkin [5]. 

 

5-Rasm. Crocodile Technology muhitida yaratilgan aravacha. 



Dastur  elektron  konstruktor  bo‘lib,  u  monitor  ekranida  elektr  sxemalarini 

yig‘ish  jarayonini  xuddi  haqiqiy  tajribadagi  singari  imitatsiya  qilish,  elektr 

kattaliklarni  multimetrda,  ampermetr  va  voltmetrlarda  o‘lchash  imkoniyatini 

beradi. 


 


 

17 


 

6-Rasm. YAratilgan modellarning 3D va 2D analoglari. 

Masalan, dasturda [6]: 

1.  Mikroprotsessorlarni  dasturlash  va  robototexnikaga  oid  modellarni  3D 

ko‘rinishda simulyasiyalashtirish mumkin. 

2.  Konstruktor  detallarining  tasviri  va  o‘lchov  asboblari  sxematik  va  haqiqiy 

ko‘rinishda berilgan; 

3. Qarsxilikdan oqib o‘tayotgan tok quvvatining qiymati berilgan nominaldan ortib 

ketsa, qarsxilik (portlab) kuyadi; 

4. Ko‘pgina jarayonlar va ularning natijalari tovushli effektlar orqali ifodalanadi.  

Bularning  barchasi,  talaba  o‘zi  yo‘l  qo‘ygan  xatolarini  ko‘rishi, 

muvaffaqiyatsiz  bajarilgan  tajribaning  sabablarini  aniqlashni  o‘rganishi  va  elektr 

sxemalarini  tajribani  haqiqiy    qurilmalarda  bajarishdan  oldin  tahlil  qilish 

ko‘nikmalarini hosil  qilish imkonini beradi. 

Hozirgi  kunda    Evropadagi  nufuzli  ilmiy  dargohlarda  fizik  jarayonlarni 

modellashtirishda Crocodile technology dasturidan foydalanilmoqda.   

Crocodile  Technology  3D    dasturi  o‘z  ichiga  elektron  loyihani,  PIC 

(Peripheral  Interface  Controller)larni  dasturlash  imkoniyatini,  3D  o‘lchamdagi 

mexanizmlarni (mexanik motor, tishli va tishsiz mexanizmlar va boshqa obektlar) 

va  3D  o‘lchamdagi  PCB  elementlarini  modellashtirishni  olgan.  Dastur  orqali  

tarmoqlangan murakkab elektr  zanjirlarni simulyasiyalashtirish va modellashtirish 

imkoniyatini beradi [6]. 




 

18 


Dastur  imkoniyatlari  juda keng bo‘lib, undan amaliy mashg‘ulotlarda (ya’ni 

masalalar  echishda)  ayniqsa,  virtual  laboratoriya  ishlarini  bajarishda  keng 

foydalanish mumkin.  


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin