M u n d a r I j a


I BOB. ADABIYOTLAR SHARHI



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/39
tarix02.01.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#45130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
ozgarmas tok qonunlari mavzusi boyicha labview dasturida virtual laboratoriya ishini ishlab chiqish

I BOB. ADABIYOTLAR SHARHI 

1.1.“Elektr va magnetizm” kursinining ishchi o‘quv dasturida “O‘zgarmas 

tok qonunlari” mavzusining o‘rni hamda uni o‘qitishda virtual 

laboratoriyalardan foydalanishning afzalliklari. 

Fizika fanini o‘rganishning asosini umumiy fizika fani, shu jumladan, uning 

bo‘linmas  qismi  bo‘lgan  “Elektr  va  magnetizm”  kursi  tashkil  qiladi.  Fan 

mavzularini chuqur o‘rganish, elektr va magnetizm hodisalari bilan bog’liq bo‘lgan 

fundamental  va  amaliy  masalalarni  yechishda,  murakkab  elektr  jihoz  asboblarni 

yaratishda va keng qo‘llanilishida muhim ahamiyat kasb etadi [3]. 

“O‘zgarmas tok qonunlari” mavzusini o‘qitishda elektr hodisalar qonunlarini 

namoyishi,  o‘quv  kino  filmlari,  kompyuterlashtirilgan  multimediyalardan 

foydalanish.  Internet  tarmog’idan  ko‘rgazmali  materiallardan,  shuningdek  ilg’or 

pedagogik texnologiyalardan foydalanish mumkin.  

2016-2017  o‘quv  yili  uchun  fizika  yo‘nalishi  talabalari  uchun  mo‘ljallangan 

“Elektr  va  magnetizm”  kursi  ishchi  dasturida  “O‘zgarmas  elektr  toki” 

mavzularining  mashg’ulotlar  turlari    va  soatlar  bo‘yicha  taqsimoti  quyidagi 

jadvalda keltirilgan. 

jadval 

№ 

Mavzular nomi 



Jami 

soat 


Ma’ruza   Amaliy   Labora-

toriya 


Mustaqil 

ish 


O’zgarmas elektr toki 

120 



10 



36 

68 


 

Jami   


120 

10 



36 

68 


Ilmiy  texnik  taraqqiyot  jadallik  bilan  rivojlanayotgan  hozirgi  davrda 

mustaqil fikrlaydigan  kadrlar tayyorlash uchun talabalarning  ijodiy qobiliyatlarini 

o‘stirish  va  shakllantirishda  mustaqil  ta’lim  olish  katta  imkoniyat  va  ahamiyatga 

egaligini rivojlangan  mamlakatlar ta’lim tajribasida ko‘rish mumkin [4]. Bugungi 

kunda ijodiy fikrlaydigan, mustaqil ravishda oqilona faoliyat ko‘rsatadigan yoshlar 

o‘ta zarur hisoblanadi.  




 

10 


Respublikamiz  mustaqillikka  erishganidan  so‘ng  kadrlar  tayyorlash 

sifatiga  alohida  e’tibor  qaratila  boshladi.  Kadrlar  tayyorlashda  axborot 

kommunikatsiya  texnologiyalaridan  foydalanish  zamonaviy  sharoitda  muhim 

ahamiyat  kasb  etmoqda.  SHu  sababli  talabalar  mutaxassislik  fanlarni  mukammal 

egallashi  bilan  birgalikda,  pedagogik  va  informatsion  texnologiyalardan 

foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi shart [1]. 

Bugungi  kunda  o‘quv  jarayonini  samarali  tashkil  qilishda  birinchi 

Prezidentimiz  I.  A.  Karimov  ta’kidlaganlaridek  “Yangi  darsliklarni,  zamonaviy 

pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va ularni ta’lim 

jarayoniga  joriy  etishni  ta’minlash  zarur”.  SHuning  uchun,  dars  mashg‘ulotlarini 

o‘tkazishda  videoproektor,  Elektron  darslik,  elektron  o‘quv  qo‘llanma,  virtual 

tajriba stendi,  internet xizmati,  turli dasturiy vositalar  va  multimediali tizimlardan 

foydalanish  dars  samaradorligini  oshirishda,  talabalarning  dars  jarayonidagi 

faolligini 

ta’minlashda  va  fanni  o‘zlashtirish  ko‘rsatkichlari  darajasini 

yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi. 

Kompyuter  texnologiyalaridan  mavjud  jarayonlarni,  shu  jumladan  elektr 

zanjirlarida  sodir  bo‘ladigan  jarayonlarni  modellashda  foydalanish,  laboratoriya 

amaliyotini  kengaytirish  va  boyitish  imkoniyatini  beradi.  Laboratoriya  amaliyoti 

katta  o‘quv  –  uslubiy  ahamiyatga  ega.  Bugungi  kunda  laboratoriya  ta’minotini 

takomillashtirishning  yo‘nalishlaridan  biri  ularni  kompyuter  asosiga  o‘tkazishdir 

[8]. 


Hozirgi vaqtda axborot va undan foydalanish har qanday o‘qimishli odam 

uchun  zarurdir.  Bu  madaniyat  ayniqsa  o‘qituvchi  uchun  juda  muhim.  SHuni 

alohida  aytish  kerakki,  ko‘pcxilik  o‘qituvchilar  kompyuterda  ishlashda  va 

dasturlashda  qiynalishadi,  uning  fizik  prinsiplarini  tushunmaydilar.  Fanlararo 

bog‘lanish hamma vaqt pedagogikada muhim rolni o‘ynab kelgan. Bundan tashqari 

fizika  kursining  informatika,  ximiya  va  boshqa  uquv  fanlari  bilan  o‘zaro 

aloqasining  o‘rnatilishi    o‘quvchilarning    amaliy  darslarda  tajriba  olish    va  

politexnik  ta’lim    ko‘nikmalarini  hamda  bilimlarini  oshiradi.  Bitta  fan  doirasida 

chuqur  bilimga  ega  bo‘lish  mumkin  emas.  Bu  haqda  G.  Libkenext  quyidagicha 



 

11 


fikrni bildirgan  edi: “Bitta fanni bilish bu  to‘la haqiqiy bilimga ega bo‘lish degan 

so‘z emas, chuqur bilimga ega bo‘lish uchun fanlarni bir-biriga bog‘liqligini bilish 

zarur”.  Ta’lim  jarayonida  fizika  fanining  boshqa  fanlar  bilan  o‘zaro  aloqasini 

ta’minlash,  aytaylik,  informatika  fani  bilan  didaktik  shartlardan  biri  bo‘lib, 

o‘quvchilarning  ilmiy  tushunchalar  va  qonunlarni  oson  va  chuqur  o‘rganishiga, 

ularda  ilmiy dunyoqarishining har tomonlama kengayishiga, tabiat va  jamiyatdagi 

hodisalarning  o‘zaro  aloqasi  haqidagi  bilimlarining  kengayishiga  xizmat  qiladi.  

CHunki,  tabiatdagi  barcha  hodisalar  bir  biri  bilan  uzviy  bog‘liqdir.  YA’ni 

tabiatning  qonunlari  yagonadir.  SHunga  ko‘ra  “Elektr  va  magnetizm”  kursida 

fizika  bilan  informatika  fanlari  o‘rtasidagi  bog‘lanishlarni  va  ularning  fizik 

asoslaridan xabardor bo‘lishi kerak. Men quyidagi jadvalda fizika va informatikaga 

tegishli  bo‘lgan  umumiy  tushunchalarni  keltirdik.  Informatikaga  tegishli  bo‘lgan 

kattaliklarni to‘la tushunish uchun [12] ga  murojaat qilish mumkin.  

Informatika  bilan fizika tushunchalari o‘rtasidagi bog‘lanish. 

Jadval  

Informatika  

Fizika  

Model va modellashtirish  

Fizik 

modellar: 



fizik 

ob’ekt 


va 

hodisalarni modellashtirish. 

Protsessor 

va 


uning 

funksional 

elementlari. Axborotni qayta ishlash va 

dasturlar tuzish.  

YArim 

o‘tkazgichli 



diod, 

tranzistorlarning  tuzilishi  va  ishlash 

prinsipi.  

Kompyuter xotirasi axborotni saqlash. 

Axborotni magnit usulida yozib olish.  

Optik to‘plovchilar (yig‘uvchilar) 

Lazer  nuri  va  uning  xossalari.  Axborotni 

optik usulda yozish.  

Koordinat 

qurilmalar. 

Axborotni 

kiritish.  

Elektr 

sig‘imi. 

Sig‘imning 

turli 


faktorlarga bog‘liqligi.  

Skaner  va  tasvirlarni  optik  usuli  bilan 

kiritish.  

Fotoelementlar,  ularning  tuzilishi  va 

ishlash prinsipi.  

Mikrofon  

Mikrofon  



 

12 


Monitor  

Tasvirni 

kompyuter 

ekranida 

olish 

prinsipi. Rangli tasvir.  



Printerlar:  

Matritsali  

Tomchili (струйный) 

Lazerli  

Magnit maydoni  

Pezoelektrik effekt  

Bosmaning  elektrografik  usuli 

yoki 


kserokopiyaga o‘xshash 

Kompyuter  texnologiyalaridan  foydalanib  fizika  masalalarini  echish  va 

laboratoriya  ishlarini  bajarishning  ijobiy  va  salbiy  tomonlari  quyidagi  jadvalda 

keltirilgan. 

Ijobiy tomoni: 

 

Salbiy tomoni: 



Masalada 

berilgan 

parametrlarni 

o‘zgartirish  hamda  oxirgi  natijani  ko‘rish 

mumkinligi; 

 

Dasturni  tuzish  uchun  oldindan 



ecxilgan masala bo‘lishligi; 

 

Matematik 



hisob-kitoblarni 

juda 


tez 

bajarilishi; 

 

Masalani 



echish 

yo‘lining 

ko‘rinmasligi; 

 

Javobning yuqori  aniqligi. 



 

Aniq 


vaziyatning 

bog‘langan 

bo‘lmasligi. 

 O‘quv 


jarayonida 

fizika 


darslarida 

EHMning 


imkoniyatlaridan 

foydalanish bugungi kunning dolzarb masalasi deb hisoblaymiz. 

 


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin