5
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Keyingi yillarda kompyuter texnologiyalarining
rivojlanishi bilan bog‘lik holda dars mashg‘ulotlarni tashkil etishning yangi
shakllari shakllanmoqda. Ulardan, keng foydalanayotgan amaliy ishlardan biri
kompyuterda maxsus dasturlar yordamida virtual laboratoriya tajribalari vositasida
ko‘rgazmali tushuntirishdir. Fizika kursini o‘qitish jarayoniga kompyuter
texnologiyalarini qo‘llash va ular asosidagi multimediya vositalardan foydalanish
pedagogik va psixologik nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega bo‘lib, quyidagi
muhim natijalarga olib kelishi ma’lum:
O‘quv-tarbiya jarayoni faollashadi, dars samaradorligi oshadi;
O‘quv materiallarining turli shaklda (ovoz, matn, video, grafika,
animatsiya yordamida) uzatilishi o‘quvchilarning diqqatini o‘ziga tortadi;
yuqori darajadagi ko‘rgazmalilik o‘quvchida, tinglovchida o‘rganilayotgan
fanga nisbatan katta qiziqish uyg‘otadi;
O‘rganilgan o‘quv materialining uzoq muddatga xotirada saqlanishini
ta’minlaydi;
Tinglovchilarning, o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish imkoniyatlari
ko‘payadi va vaqt tanqisligi muammosi kamayadi;
Bugungi kunga kelib ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari, shakl va
usullari takomillashib bormoqda. Respublikamizda yosh avlodni tarbiyalash va
ularni taraqqiy etgan mamlakatlardagi kabi, jahon standartlariga mos darajada
bilim olishlari uchun sharoitlar yaratilmoqda, har tomonlama yetuk kadrlar bo‘lib
yetishishlari uchun ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Jamiyatmizda bunday
o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi ta’lim tarbiya jarayonida zamonaviy axborot
texnologiyalarni qo‘llashni talab etadi.
Hozirgi vaqta kompyuterlashtirish jarayoni shunday ketmoqdaki, bir necha
yildan keyin har bir tinglovchi kompyuter bilan ta’minlanadi. Shuning uchun
kompyuterlardan
o‘quv
jarayonlarida
foydalanishning
uslubiy-o‘quv
qo‘llanmalarini ishlab chiqish kerak. O‘qituvchilar o‘quvchi va tinglovchilarga
fizika dasturiga mos keluvchi dasturlarni qo‘llashi, elektron darsliklar va
6
topshiriqlarning qulay va tushunarli tomonini ko‘rsatishi kerak. Hozirgi vaqtda
axborot texnologiyalaridan foydalanish har qanday o‘qimishli odam uchun zarur,
ayniqsa o‘qituvchi uchun juda muhim. Ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil
etish uchun barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish o‘qituvchilarning birinchi
navbatdagi vazifalaridan biridir. Bundan 3500 yil oldin Konfutsiy “Eshitganimni
yodimdan chiqaraman, ko‘rganimni eslab qolaman, mustaqil bajarsam tushunib
olaman” degan ekan. Chunki, ta’limda informatsion hamda pedagogik
texnologiyalarni qo‘llaganda tinglovchi, o‘quvchi eshitish, ko‘rish, ko‘rganlari
asosida mustaqil fikrlash imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. Ta’lim jarayonida
zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalangan holda darslarni tashkillashtirish
uchun ma’lum bir shart – sharoitlar va texnik vositalar mavjud bo‘lish kerak.
Birinchidan,
axborot
resurslariga:
shaxsiy
kompyuter;
Proektor;
Multimediya vositalar; Skaner (murakkab sxemalar va chizma, tasvirlarni
kompyuterga o‘tkazish uchun); Video kamera (video anjumanlar o‘tkazish uchun
va yana boshqa maqsadlarda); Printer, nusxa ko‘chiruvchi qurilma (tarqatma
materiallarni qog‘ozga tushirish va ko‘paytirish, yana boshqa maqsadlar uchun) va
boshqa resurslar.
Ikkinchidan, maxsus dasturiy ta’minotlar xisoblanadi. Ta’lim tizimida
multimediyali elektron o‘quv adabiyotlar, ma’ruzalar virtual laboratoriya ishlari,
har xil animatsion dasturlar va elektron versiya, slaydlar yaratishda kerak
bo‘ladigan maxsus dasturlar hisoblanadi [1,2].
Bugungi kunda natural o‘quv laboratoriya tajribalarini virtual ko‘rinishda
kompyuter yordamida ham namoyish qilish keng e’tibor qaratilmoqda. Bunday
virtual tajribalarni: 1) natural tajribalar o‘tkazish uchun asbob-uskunalar
yetishmaydigan ta’lim muassasalarida; 2) tajriba o‘tkazish imkoniyati bo‘lmagan
darsxonada o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa natural tajribalar bilan
birgalikda taqqoslab olib borilsa yaxshi samara beradi.
Shuning uchun fanni bugungi kunda axborot texnologiyalar bilan boyitilishi
talab etilmoqda. Axborot texnologiyalar o‘quv jarayoniga qo‘llash yuqori
samaradorlikka erishishga, kam vaqt sarflab katta hajmdagi bilimlarni egallashga
7
imkoniyat yaratadi. Shu nuqtai nazardan fizika darslari o‘quv jarayonida
EHMning imkoniyatlaridan foydalanish bugungi kunda ham dolzarb masala
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: