elektronika va mikroelktronika fanlarida amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari
mavjud. Ammo mazkur laboratoriya mashg’ulotlari nazariy bilimlarning barcha
39
jabhalarini qamrab ololmaydi. Shuning uchun amalda faqat amaliyotda juda zarur
bo‘lgan nazriy bilimlar jihatlarining amaliyotini laboratoriya ishlarida qo‘yish
zarur bo‘ladi. Bu laboratoriya ishlarining soni va mazmuni shu bilan birga
bajarilish vaqtiga ham muayYan talablar qo‘Yadi. Xususan, laboratoriya
mashg’ulotlari soni optimal bo‘lib, ajratilgan auditoriYa soatlari yetarli bo‘lishi
kerak, laboratoriya ishlarini bajarish davomiyligi iloji boricha qisqa bo‘lishi, kerak.
Ammo bu vazifalarning bari bir vaqtning o‘zida amalga oshrilishi mumkin emas.
Shu tufayli laboratoriya mashg’ulotlarining samaradorligi juda yuqori bo‘lmasligi
mumkin.
Yuqoridagilarni hisobga olib real laboratoriya ishlari bilan birgalikda
laboratoriya mashg’ulotlarida virtual
laboratoriya
ishlaridan foydalanish
o‘zlashtirish samaradorligin oshirishga sezilarli yordam beradi.
LabVIEW grafik dasturlash muhitida tuzilgan virtual laboratoriya ishlari
yuqoridan ko‘zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirishga imkon beradi. VLIlari
odatdagi sharoitlarda o‘quv laboratoriyasida o‘tkazib bo‘lmaydigan laboratoriya
ishlar va fizik jarayonlarni aks ettiradi. VLI quruq animasiYadan iborat emas balki
har bir jarayon real hodisani akslantiruvchi nazaridan iboratdir, tashqi ko‘rinish esa
real asbob uskunalarning uch o‘lchamli tasviridan iborat, boshlang’ich
ma’lumotlar va o‘zgartirilishi kerak bo‘lgan parametrlar matnli ko‘rinishda emas
balki grafik holda Ya’ni xuddi real uskundagidek kerakli muruvvatni burash,
tugmani bosish bilan amalga oshiriladi. Bu esa talabalarga virtual reallikni
ta’minlaydi.
VLI da laboratoriya ishlarini bajarish uchun kerak bo‘ladigan qisqacha
nazariy ma’lumotlar, bajarilish tartibi, nazorat savollari va boshqa bir qatori
foydali ma’lumotlar keltirilishi mumkin. Bundan tashqari VLI ga test nazorati
tizimini, laboratoriya ishining bajarilishini avtomatik baholovchi va o‘qituvchi
bilan virtual muloqat qiluvchi dasturlar integrasiYa qilinishi mumkin. Bu jihatlar
talab va o‘qituvchi o‘rtasida masofani ular qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar
yo‘qotadi.