Sakrash mashqlari. Katta maktabgacha ѐshida sakrashga oid mashqlar
anchagina ko‘payadi. Yerdan anchagina kuchli itarilish, ko‘lni shiddat bilan silkish,
yuqoriga, uzunlikka va hokazolarga sakrashni bajarishning barcha bosqichlarida
juda yaxshi harakat muvofiqligi kuzatiladi.
Katta guruh bolalari beriladigan yuklamalarni bemalol uddalaydilar, bu
o‘rinda mashqlar miqdorini ham oshirish mumkin, biroq mashqlarning bajarilish
sifatiga e’tiborni ko‘proq qaratish lozim. Joyida turib ѐki oldinga siljib ikki oѐqda
sakrashni takrorlash bilan birga yugurib kelib uzunlikka va balandlikka sakrash,
kalta arg‘amchadan joyida turib uzunlikka sakrash ham o‘rgatilib boriladi.
Dostları ilə paylaş: |