linlarga nisbatan bakteriyalarning ko`p turlarini o`ldiradi.
dorixona xodimlaridan so`rang. Masalan:
ni o`qing. Unga ko`ra „Metronidazol” ekan.
mumkin. Doringiz nomini shu betlarning boshlanishidagi alfavit bo`yicha
2. Siz davolamoqchi bo`lgan infeksiyaga qarshi faqat tavsiya etil-
va vazniga bog`liq.
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
138
5. Agar antibiotik tabletkalarini ichib yaxshi natijaga erishsangiz,
hech qachon ularning ukolini olmang. Faqat juda zarur bo`lib qolgandagi-
na ukol oling.
6. Kasallik belgilari to`la yo`qolib ketgunga qadar antibiotiklar
ichishni to`xtatmang. Isitma yoki kasallikning barcha belgilari yo`q bo`lib
ketgandan so`ng ham dori ichishni kamida yana 2 kun davom ettiring.
(Sil, moxov kabi ba`zi kasalliklar bemor yaxshi bo`lib qolganidan keyin
ham, dorini oylar yoki yillar davomida qabul qilishi kerak. Har bir kasallik
xususida berilgan yo`l-yo`riqlarga rioya qiling.)
7. Agar antibiotik toshma, qichishish, nafas qiyinlashishi yoki
boshqa jiddiy ta`sirlar sababchisi bo`lsa, uni qabul qilishni
to`xtating va
siz butun hayotingiz davomida bu dorini qayta ishlatmasligingiz kerak.
(159- bet).
8. Antibiotiklarni juda zarur paytlardagina ishlating. Antibio-
tiklarning ko`p qabul qilinishi, infeksiyaga qarshi kurashadigan kuchining
pasayishiga olib kelishi mumkin.
MA`LUM ANTIBIOTIKLARNI ISHLATISHGA DOIR YO`L-
YO`RIQLAR
1. Penitsillin yoki ampitsillin ukollarini qilayotganingizda allergik
ta`sirlarga qarshi kerak bo`ladigan
Adrenalin (epinefrin) ampulalari doim
tayyor tursin. (160-bet)
2. Penitsillinga allergiyasi bor odamlar eritromitsin yoki sulfanil-
amidlar kabi boshqa antibiotiklarni ishlatsin.(636-640-betlar).
3.
Ta`sir doirasi keng - tetratsiklin, ampitsillin
yoki boshqa antibio-
tiklar o`rniga ta`sir doirasi tor- penitsillin yoki boshqa antibiotiklar ishlatil-
ish mumkin bo`lsa, ta`sir doirasi keng antibiotiklarni ishlatmang (82-bet).
Ta`sir doirasi keng antibiotiklar ta`sir doirasi tor xillariga nisbatan ko`plab
bakteriya turlariga qarshi kurashadi. Shuning uchun ular bizning orga-
nizmimizga foydali ba`zi bakteriyalarni ham o`ldirishi mumkin.
4. Levomitsetinni faqat og`ir yoki hayot uchun xavfli, ich terlama
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
139
kabi ma`lum kasalliklarga qarshi ishlating. U xavfli dori. Hech qachon uni
oddiy kasalliklar uchun ishlatmang. Yangi tug`ilgan bolalarga ham ber-
mang (faqat ko`kyo`taldan tashqari 561-bet).
5. Hech qachon tetratsiklin yoki levomitsetin ukollarini olmang.
Ular ichilganda xavfsizroq, og`riqsizroq va ba`zi hollarda ukollardan ham
foydaliroqdir.
6. Tetratsiklin yoki siprofloksatsinni (sifloks, siprolet) homilador
ayollar hamda bolalarga bermang. Bular yangi tish va suyaklarni shikast-
lashi mumkin (637-bet).
7. Aminoglikozidlar guruhiga kiruvchi (kanamitsin va gentamitsinlar
ham) dorilar ancha zaharli. Ko`pincha ularni yengil infeksiyalarga tavsiya
qiladilar, bunda ularning zarari foydasidan ko`proqdir. Ularni faqat jiddiy
kasalliklarga qarshi tavsiya qilingan bo`lsa ishlating. Lekin bularni shamo-
llash, gripp va oddiy oddiy kasalliklariga qarshi hech qachon ishlatmang.
8. Ampitsillin kabi antibiotiklar foydali bakteriyalarni o`ldiradilar.
Qatiq yoki tvorog iste`mol qilish o`ldirilgan foydali bakteriyalarni yangila-
nishiga va organizmning tabiiy balansini qayta tiklashga yordam beradi
(keyingi betga qarang).
9. Qatiqni iste’mol qilish, ampitsillin kabi antibiotiklar qirib tashlag-
an kerakli bakteriyalarni qayta tiklashga yordam beradi va tanadagi tabiiy
bakterial muvozanatni yaxshilaydi (keyingi betga qarang).
ANTIBIOTIK YORDAM BERMAYOTGANGA O`XSHASA,
NIMA QILISH KERAK
Ko`pgina oddiy infeksiyalarni antibiotiklar bir yoki ikki kun ichida
davolay boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: